Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Koronavirusga chalingan shifokor ayol o'ldi: chaqalog'i 16 soat onasining jasadi yonida o'tirgan
MUHARRIR: Admin

26 MART, 10:50 / KO'RILDI: 234

AQShning Jorjiya shtatida bola koronavirus bilan kasallangan onaning jasadi yonida taxminan 16 soat o'tirgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, marhum ayol "Piedmont Newnan" kasalxonasida mammolog bo'lib ishlagan. 42 yoshli ayol uyda o'lik holda topilgan. Tekshirilganida unda koronavirus borligi aniqlandi. Ta'kidlanishicha, o'lim jasad topilishidan 12-16 soat oldin sodir bo'lgan. Bu vaqt davomida uyda marhumaning farzandi onasining yonida o'tirgan.

Kasalxona vaillari 21 mart, shanba kuni voqeadan xabar topishdi. Marhumda COVID-19 topilganligi sababli, barcha tibbiyot xodimlari va bemorlar infektsiya xavfi haqida ogohlantirildi. "Biz o'z-o'zini muhofaza qilish bo'yicha batafsil ko'rsatmalar berdik va COVID-19-da bo'lganlarni tekshirishga tayyormiz", deyishdi ular. Kasalxona xodimlari marhumaning oilasiga ta'ziya izhor etishdi.

Oxirgi xabarlarga qaraganda, ayol surunkali pnevmoniya xastaligiga chalingan bo'lgan.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!