Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Bir bemor o'ldi: Meksika koronavirusga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
MUHARRIR: Admin

26 MART, 10:05 / KO'RILDI: 51

Payshanba kuni Meksikadagi vazirliklar mamlakatda koronavirus epidemiyasining oldini olish choralari doirasida vazifalarini bajarishni to'xtatadi, dedi Sog'liqni saqlash vazirligi rahbarining o'rinbosari Ugo Lopez.

"Vazirlik rahbarlari qaysi faoliyatni davom ettirish kerakligini va nimani kechiktirish lozimligini aniqlaydilar", dedi Lopez.

Rasmiyning ta'kidlashicha, davlat muhim funktsiyalarini bajarishda davom etadi va asosiy qaror qabul qiluvchilar o'z joylarida qoladilar.

"To'xtatib bo'lmaydigan muhim vazifalar mavjud, chunki bizga kasalxonalar, yoqilg'i, energiya, tozalash va jamoat xavfsizligi kerak", - deya tushuntirdi Sog'liqni saqlash vazirligi rahbarining o'rinbosari.

O'tgan kun davomida mamlakatda koronavirusga chalingan 70 ta bemor aniqlandi, bemorlarning umumiy soni 475 taga etdi. Oltinchi keksa bemor organizmidagi boshqa og'ir xastaliklar tufayli vafot etdi. Bemorlarning 10 foizdan kamrog'i kasalxonaga yotqizilgan, ularning aksariyati barqaror holatda.  

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!