Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
“Lasetti”dagi 57,3 million so'mlik sifatsiz tovarlar to'xtatib qolindi
MUHARRIR: Admin

26 MART, 09:45 / KO'RILDI: 15

Tovar moddiy boyliklarini yashirincha olib o'tishga bo'lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo'mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Sirdaryo tumanida tezkor tadbir o'tkazishdi.

Tadbir davomida tuman hududi bo'ylab harakatlanib ketayotgan fuqaro B.I. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli engil avtotransport vositasi to'xtatilib, belgilangan tartibda ko'zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo'lmagan va sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 57,3 million so'mlik atir va alpinistlar uchun anjomlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

 

 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!