Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:19
LoginA'zo bo'lish
Qashqadaryoda o'quvchiga ikki baho qo'ygani uchun kaltaklangan o'qituvchi voqeasiga viloyat IIB muno

 11 APREL, 09:50 67

.

Ijtimoiy tarmoqlarda  Qashqadaryoda maktab direktori o'rinbosarining o'g'liga ikki baho qo'ygan ingliz tili o'qituvchisi kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan  Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 06 aprel kuni Chiroqchi tuman IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko'ra, shu kuni tumandagi 134-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Sh.Oqquziev o'zining fanidan shu maktab o'quvchisi M.O.ga «2» baho qo'yganligi sababli, maktab o'quvchisi M.O ushbu holatni akasi X.B.ga aytgan. X.B. shu kuni soat 12:00 larda ikkita tanishi bilan maktabga kelib, ingliz tili fani o'qituvchisi Sh.Oqquzievning harakatidan norozi bo'lib, maktab hududida Sh.Oqquzievga tan jarohati etkazgan.

Mazkur holat tuman IIO FMB navbatchilik qismidan belgilangan tartibda qayd etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™