Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:51
LoginA'zo bo'lish
O'zbekistonga Qozog'istondan salqin havo massalari kirib keladi

 11 APREL, 08:20 83

.

"O'zgidromet" xabariga ko'ra, bugun kunduz kuni O'zbekistonga Qozog'iston hududlaridan biroz salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Yog'ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ba'zi joylarda shamol 7-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° iliq atrofida bo'ladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20° iliq bo'ladi.

Respublikaning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko'chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliq bo'ladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™