Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:04
LoginA'zo bo'lish
11 aprel qanday kun?

 11 APREL, 03:10 55

.

Inson miyasida tana harakatlanishini rag'batlantiruvchi, dofamin moddasini ishlab chiqaruvchi asab hujayralari (neyronlar)ning halok bo'lishi oqibatida Parkinson xastaligi yuzaga keladi. Bu kasallik haqida ilk bor 1817 yilda Djeyms Parkinson o'zining «Titroqli falaj haqidagi esse»sida yozib o'tgan.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, parkinsonizm bilan 60 yoshdan oshgan har yuz kishidan bittasi xastalanadi. Biroq kasallik yoshlarda uchramaydi, degan fikr noto'g'ri, tushkunlik hamda qo'rquv parkinsonizm sindromini keltirib chiqarishi hech gap emas. Bemorlar orasida ayollarga qaraganda erkaklar ko'proq ekanligini ham alohida ta'kidlash lozim.

Parkinson kasalligi bilan og'rigan mashhur insonlar safida boksyor Muhammad Ali, aktyor Maykl Foks va bir qancha siyosatchilar bor. Hozirgi kunda butun dunyoda taxminan 4 mln.ga yaqin kishiga parkinsonizm tashxisi qo'yilgan. Insonning o'rtacha umr ko'rish yoshi uzayib borgani sari xastalikka chalinishi mumkin bo'lganlar soni ham ortib boradi, degan taxminlar mavjud. Kasallikning o'zi o'limga sabab bo'lmasa-da, bemorning salomatligidagi har qanday salbiy o'zgarish o'z ta'sirini ko'rsatishini inobatga olish zarur.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™