Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:13
LoginA'zo bo'lish
Germaniya yana AstraZeneca vaktsinasini qo'llashdan voz kechdi

 31 MART, 18:20 157

.

Germaniyaning Berlin shtatida yana 60 yoshdan kichik bo'lganlarni AstraZeneca kompaniyasining vaktsinasi bilan emlash to'xtatib qo'yildi. Bunga ushbu vaktsinaning qonda tromblarni hosil qilishi borasidagi xabarlar sabab bo'lgan.

Berlin shtatining sog'liqni saqlash rahbari Dilek Kalaychining seshanba kuni bergan ma'lumotlariga ko'ra, ushbu qaror ehtiyot chorasi sifatida qabul qilingan. Chunki mamlakatdagi tibbiyotni nazorat qiluvchi tashkilot yaqinda vaktsinani olgan odamlarning 31 tasining qonida tromblar hosil bo'lgani va ularning to'qqiz tasi vafot etgani haqida xabar bergan.

Shuningdek,DPA axborot agentligining ma'lum qilishicha, Myunxen shahrida ham 30 martdan boshlab 60 yoshdan kichik bo'lganlarni AstraZeneca vaktsinasini bilan emlash to'xtatilgan.

«Hozirgi o'zgarishlar tufayli Myunxenda AstraZeneca bilan 60 yoshdan kichik bo'lganlarni emlash ehtiyot chorasi sifatida to'xtatib turishga qaror qilindi» deya Myunxen hokimiyati matbuot kotibining so'zlarini keltiradi DPA.

Germaniyada hozirga qadar 2.7 million dozadagi AstraZeneca vaktsinasi qo'llanilgan bo'lib, ushbu dozalar bilan asosan o'qituvchi va shifokorlar emlangan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™