Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:43
LoginA'zo bo'lish
Toshkentlik fuqaro ijtimoiy tarmoqda yolg'on ma'lumot tarqatdi

 10 APREL, 23:50 72

.

Telegram messenjerida "Murojaatda fuqaro Toshkent shahri Shayxontoxur tumani IIB xodimi Abbos xaqorat qilib karantin qoidalarini buzganini aytmoqda" deb nomlangan video tarqatilmoqda. Mazkur holat bo'yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz.

2021 yil 6 aprel kuni Qashqadaryo viloyatida tug'ilgan 25 yoshli N.Temirali Shayxontohur tumani IIO FMB Ichki ishlar bo'limlaridan biriga chaqirtirilgan. Uni chaqirilishiga shu kuni soat 14:45 larda Shayxontohur tumani IIO FMBga 38 yoshli E.Sh. tomonidan berilgan ariza asos bo'lgan. E.Sh. o'z arizasida ikki yil oldin N.Temiraliga 10.000.000 so'm miqdorida pul berganligini, lekin N.Temirali bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o'z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan. N.Temirali pullarni qaytarmagach, E.Sh. unga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'rab, ichki ishlar organiga murojaat qilgan. Ichki ishlar organi tomonidan unga nisbatan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganligini anglagan N.Temirali xodimlarni noqonuniy ish qilayotganlikda, jabrlanuvchiga yon bosishda, shaxsiy manfaatdorlikda ayblab, ularga tuxmat qilish yo'li bilan javobgarlikdan qutilmoqchi bo'ldi, xodimlarni unga tan jarohati etkazganlikda ayblay boshladi. Biroq, Shayxontohur tumani IIO FMB xodimi leytenant Abbos Muxammadiev tahdidlardan o'zini yo'qotib qo'ymadi va darhol tez tibbiy yordamni chaqirdi. Bo'limga etib kelgan tez tibbiy yordam shifokorlari N.Temiralida hech qanday jarohatlar yo'qligini ta'kidlab, tegishli ma'lumotnoma berishdi.

Shundan so'ng gumonlanuvchi vaziyatdan chiqib ketish maqsadida kelgan tibbiyot xodimlari bilan bahslashib, xulosalarini o'zgartirishga majbur qilmoqchi bo'lgan. Bu ham natija bermagach navbatchilik qismiga qo'ng'iroq qilib go'yoki ichki ishlar organlari xodimlari o'z vakolatini suiiste'mol qilayotgani, uni haqorat qilayotgani haqida xabar bergan.

7 aprel kuni N.Temirali O'z xavfsizlik boshqarmasi Toshkent shahar bo'limiga ariza bilan murojaat qilib, ichki ishlar organlari xodimiga nisbatan chora ko'rishni so'ragan. Hozirda Toshkent shahar IIBB tomonidan N.Temiralining murojaati bo'yicha tekshiruv o'tkazilmoqda, tekshiruv yakuni bo'yicha arizachiga belgilangan tartibda xabar beriladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™