Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:17
LoginA'zo bo'lish
Bokuda Turkiy Kengash doirasidagi axborot va media sohasida yig'ilish o'tkazildi

 10 APREL, 21:25 87

.

Ozarbayjon poytaxti Bokuda Turkiy Kengash doirasidagi axborot va media sohasidagi yig'ilish bo'lib o'tmoqda.

Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjaev rahbarligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur yig'ilishda axborot va media sohasida xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish, o'zaro tajriba almashish, xususan, Kengashga a'zo mamlakatlar ommaviy axborot vositalari xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha seminarlar, o'quv-kurslari, press-turlar tashkil etish kabi masalalar muhokama etilmoqda.

Kunning yana bir muhim uchrashuvi Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi – Prezident Administratsiyasi Tashqi siyosat bo'limi mudiri Xikmat Gadjiev bilan o'tkazildi. Unda O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasida axborot va media sohasidagi hamkorlik muhim masalalardan biri ekani ta'kidlandi. 

AOKA rahbari, shuningdek, Ozarbayjon televidenie va radioeshitirishlari YoAJ raisi Rovshan Mamedov bilan ham uchrashdi. 

Bundan tashqari, Asadjon Xodjaev Turkiy Kengash Bosh kotibi Bagdad Amreev bilan ham uchrashdi va O'zbekiston hamda Kengashga a'zo mamlakatlar o'rtasidagi barcha sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™