Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:26
LoginA'zo bo'lish
O'zbekiston Evropa Ittifoqining GSP+ preferentsiyalar ishtirokchisiga aylandi

 10 APREL, 20:15 76

.

O'zbekiston Evropa Ittifoqining GSP+ preferentsiyalar ishtirokchisi sifatida qabul qilindi.

Ma'lum qilinishicha, O'zbekiston GSP+ ishtirokchisi sifatida standart GSP sxemasidan ko'ra ko'proq qo'shimcha iqtisodiy manfaatlarni oladi. Ya'ni, Standart GSP liniyasining 2/3 qismi mahsulotlar lineykasi bo'yicha tariflar bekor qilinadi.

Bugungi kunda mamlakatimiz Evropa Ittifoqiga 3000 turdagi mahsulot  bojxona tariflarisiz va 3200 turdagi mahsulot arzonlashtirilgan to'lovlar asosida eksport qilayotgan bo'lsa, 10 apreldan boshlab O'zbekiston GSP+ ishtirokchisi sifatida 6200 turdagi mahsulotlarni bojxona bojisiz EI hududiga eksport qilish mumkin. 

GSP+ sxemasidan bugungi kunda 9 ta davlat foydalanmoqda, MDH davlatlaridan yana Armaniston va Qirg'iziston ham benefitsiar hisoblanadi. 

Shuningdek,GSP+ sxemasi qator majburiyatlarni ham yuklaydi. Evropa Ittifoqi O'zbekiston tomoni ikkita qonun - Jinoyat hamda Mehnat kodekslarini qayta ko'rib chiqishi jarayoniga e'tibor qaratayotganini rasman ma'lum qilgan.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™