Xayirli tong, Guest!
Soat: 06:58
LoginA'zo bo'lish
Livanda ommaviy iftorliklar taqiqlandi

 10 APREL, 19:50 69

.

Livanning koronavirusga qarshi kurashish qo'mitasi muqaddas Ramazon oyida musulmonlar uchun ommaviy iftorliklarni tashkil qilishni taqiqlanganligini e'lon qildi.

«Iftorlik uchun ziyofatlar o'tkazish va chodirlar tashkil qilish taqiqlanadi. Shu bilan birga xayriya tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish faoliyatiga Ichki ishlar vazirligi va hududiy hokimiyatlardan ruxsat olgan holda ruxsat beriladi», — deyiladi RIA Novosti'ga kelib tushgan qo'mita qarori nusxasida.

13 apreldan boshlanishi kutilayotgan Ramazon oyida avval o'rnatilgan komendantlik soati butun mamlakat bo'ylab soat 21: 30 dan tonggi soat 5: 00 gacha davom etadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™