Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:56
LoginA'zo bo'lish
Xorazmda 19 yoshli kelin o'zini osdi. Holat tekshirilmoqda

 10 APREL, 15:05 90

.

Xorazmda 2002 yilning 14 fevralida tug'ilgan kelin o'z joniga qasd qildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining "Aniq.uz"ga ma'lum qilishicha, Shovot tumani, “Katqal'a” mahallasi, “Semrug” ko'chasi, 45-uyda yashagan fuqaro Qadamboeva Muxlisa Zafar qizi 2021 yil 01 aprel kuni soat 11:00larda o'z uyining qora mollarni saqlash xonasining yog'och to'siniga oq rangli shpagat ip bilan o'zini o'zi osib, o'z joniga qasd  qilgan.

O'lim sabablarini aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekseprtizasi ilmiy-amaliy Markaziga sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, murda tekshiruvdan o'tkazilgan.

Dastlabki ekspert ma'lumotiga ko'ra fuqaro M.Qadamboevaning o'limiga o'zini o'zi osishi natijasidagi asfiktsiya sabab bo'lgan.

Marhuma 2020 yil oktyabr oyida 04.08.2001 yilda tug'ilgan M.Yangiboev bilan turmush qurib, uning oilasi bilan Katqal'a mahallasida istiqomat qilib kelgan.

Shu bilan birga, dastlabki to'plangan hujjatlarga ko'ra fuqaro M.Qadamboeva yoki uning oila a'zolari turmushi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki mahalla fuqarolar yig'iniga shikoyat qilishmagan.

Turmush o'rtog'i M.Yangiboev yoki oila a'zolari muqaddam sudlanmagan, notinch oila yoki boshqa bir holatlar yuzasidan ro'yxatda turmaydi.

            Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo'lib, yakuni yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™