Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:21
LoginA'zo bo'lish
Hech qaerda ishlamay turib ham kreditga uy olsa bo'ladimi?

 31 MART, 17:50 155

.

— Buvimning uyida yashayman. Turmushim o'xshamagan. Bir nafar qizim bor. Hech qaerda ishlamayman. Menga kreditga uy beriladimi?

— Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to'lash tartibi to'g'risida”gi Nizomga asosan uyjoy olish uchun davlat xizmatlari markaziga ariza bilan murojaat qilishingiz lozim. Komissiya sizning arizangizni o'rganib chiqadi, agar belgilangan ijtimoiy mezonlar to'g'ri kelsa komissiya ipoteka kreditlari bo'yicha subsidiya berish qaror qabul qilsa, davlat xizmatlari markazidan subsidiya berish to'g'risida ijobiy xabarnomani olasiz hamda xabarnomada ko'rsatilgan sotib olinishi mumkin bo'lgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo'yicha qurilish tashkiloti bilan shartnoma tuzasiz. Nizomga muvofiq arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: * jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma'lumotlari; * oila a'zolarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma'lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi, farzandlar tug'ilganligi haqidagi guvohnomalari nusxalari; * belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to'g'risida sud qarori yoki oilaviy holati to'g'risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan ma'lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda); * doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma'lumotlar; * doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo'yicha kartochkaning nusxasi; * ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to'g'risidagi ma'lumotnoma (qo'shimcha daromadlar bo'lsa soliq deklaratsiyasi).

Savolga «Madad» NNtning mas'ul xodimi Abror Ezozxonov javob berdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™