Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:57
LoginA'zo bo'lish
Shveytsariyada koronavirusga qarshi emlashlardan so'ng 55 kishi vafot etdi

 10 APREL, 12:55 75

.

Shveytsariyaning dori-darmon bozorini kuzatuvchi Swissmedic vakolatxonasi "SOVID-19"ga qarshi emlashdan so'ng odamlardan 1174 ta nojo'ya ta'sir haqida xabar olinganligini malum qildi. Shu jumladan, 55 bemor vafot etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Ammo mutaxassislar vaktsinaning o'limga sabab bo'lganligi to'g'risida aniq dalillar yo'qligini takidlashmoqda.

Odamlar, asosan, preparatning birinchi dozasidan keyin nojo'ya ta'sirlardan shikoyat qilishgan. 577 ta holat Pfizer va BioNTech vaktsinasida, 580 tasi esa "Moderna" vaktsinasida kuzatilgan.

Og'ir holatlarda isitma, nafas qisilishi, bosh og'rig'i, migren, yuqori sezuvchanlik yoki anafilaktik reaktsiyalar, qusish, charchoq, qon bosimi va ko'pincha bosh aylanishi kuzatilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™