Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:59
LoginA'zo bo'lish
Samarqand darvozada ommaviy janjal: bir kishi vafot etdi

 10 APREL, 12:25 68

.

Toshkent shahri. 2021 yilning 05 aprel kuni soat 22:00 dan 23:30 lar oralig'ida 22 yoshli Dostonjon Q., Shayxontohur tumani Samarqand darvoza ko'chasida joylashgan avtomashinalar yuvish shahobchasi yonida Alisher A., bilan kelib chiqqan o'zaro janjal natijasida yonida bo'lgan pichoq bilan jarohat etkazgan. Natijada shu kuni soat 04:45da Alisher A., olgan jarohatlari tufayli ko'rsatilgan muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan Dostonjon Q.,ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga og'ir shikast etkazish natijasida jabrlanuvchining o'limiga sabab bo'lsa) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Tergov harakatlari jarayonida, ushbu janjalning kelib chiqishiga Dostonjon Q., va Alisher A.,lar hamda ularning yonida bo'lgan sheriklari Samarqand darvoza savdo markazi yonida “havo sharlari” sotib turgan vaqtlarida joy talashishlari sabab bo'lganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ular bilan tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™