Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:48
LoginA'zo bo'lish
Bosh vazir jarimaga tortildi. Uning tug'ilgan kunida ruxsat berilganidan ko'p odam qatnashgan

 10 APREL, 11:20 97

.

Norvegiya politsiyasi tug'ilgan kunida ruxsat berilganidan ko'p odam qatnashgani uchun mamlakat bosh vaziri Erna Sulbergni 20 ming Norvegiya kronasi ((2352 dollar) jarimaga tortdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Sulberg fevral oyida 60 yoshga to'lganini tog' kurortida nishonlagan. Yubileyda 13 kishi qatnashgan. Mamlakatda o'rnatilgan karantin qoidalariga ko'ra, 10 kishidan oshmaydigan tadbirlargagina ruxsat berilgan.

Karantinni qo'llab-quvvatlovchi bosh vazirning o'zi qoidalarni buzgani Norvegiyada keskin tanqidga sabab bo'lgan.

Okrug politsiya boshqarmasi boshlig'i Syor-Est Ule Severud politsiya bunday holatlarda ko'pincha jarima yozmasligini, ammo bosh vazirga nisbatan keskin chora ko'rishga qaror qilinganini aytdi.

«Qonun hamma uchun bir bo'lsa-da, qonun oldida hamma barobar emas. Sulberg — mamlakat etakchisi va u virus tarqalishiga qarshi kurashish uchun cheklovlarning boshida turgan. Shu bois jamoatchilik ishonchini qo'llab-quvvatlash uchun uni jarimaga tortish to'g'ri bo'ldi», — dedi u.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™