Kirish | A'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Napoleonga qarshi jang qilgan shomlik qahramon
MUHARRIR: Aman

14 YANVAR, 20:45 / KO'RILDI: 135

1798 yil. Napoleon Bonapart qo'mondonligi ostidagi frantsuz armiyasi. Iskandariya qirg'oqlari yaqinida turgan bu qudratli qo'shin Misrni bosib olishni maqsad qilgan. Avval boshida Napoleon mahalliy aholiga faqat madaniyat-u taraqqiyotni keng ommalashtirish maqsadidagina kelganini pesh qildi. Biroq Misr aholisining muvahhidlari bu hiylaga uchmadi, frantsuzlarga qarshi «Birinchi Qohira inqilobi»ni boshlab yuborishdi. Ana shunda bosqinchilarning asl basharasi ochildi. Ma'lum bo'lishicha, «madaniyat va taraqqiyot tarafdori»ning qora qalbida salib yurishining o'ta xunuk merosi saqlanib qolgan ekan. Frantsuz otliqlari al-Azharga bostirib kirdi, artilleriya bo'linmalari qurollarini Muqattamga o'rnatib masjidlarni to'pga tutishdi.

Inqilobiy qarshilikni tiriklayin ko'mib tashlaganiga to'la-to'kis ishonch hosil qilgan Napoleon bosqinchi armiya qo'mondoni lavozimiga Misr musulmonlarini ommaviy ravishda qirib, qo'li qonga botgan Kleber ismli frantsuzni tayinlab, Frantsiyaga qaytib ketdi.

Ana shunda...

Ozodlik uchun kurashchilar har erda bosh ko'tarib, Misrni bosqinchilarning oyog'i ostidagi cho'g' parchasiga aylantirib yuborishdi. Misr aholisi bosqinchilarga qarshi oyoqqa turdi. Musulmon birodarlariga yordam berish uchun Makka va Madina arablari orasidan chiqqan ko'ngillilar guruhlari etib keldi. Usmoniy xalifa Salim III e'lon qilgan urushda ishtirok etish uchun ming-minglab usmoniy turklar Qohira tomon yashirincha yo'l olishdi. Al-Azhardagi marokashlik toliblarning uylari xalq lashkari jangchilarining yotoqxonalariga aylandi. Shuningdek, al-Azhardagi ash-Shavam er osti yo'llarida Falastin toliblarining halablik Sulaymon Halabiy ismli Suriya kurdlaridan chiqqan yosh yigit boshchilik qilgan yashirin guruhlari shakllandi. Bosqinchilarga qarshi kurashda Shom aholisi misrlik birodarlariga yaqindan yordam berishga bel bog'ladi. Zobit frantsuzlar tomonidan Sulaymon Halabiyga Allohning Kitobi bo'yicha dars bergan ustozi – al-Azhar shayxi Sharqoviyning o'ldirilishi, shuningdek, Sulaymon tahsil ko'rgan ilm dargohi – al-Azhar masjidi xor qilingani shomliklarning jur'atini yanada kuchaytirdi.

G'azodan etib kelgan falastinlik do'stlari bilan birga frantsuz qo'shinining bosh qo'mondoniga suiqasd qilish maqsadida maxsus operatsiya o'tkazishni rejalashtirdi. Sulaymon Halabiy Allohdan unga g'alaba tilab duo qilib qolgan do'stlari bilan vidolashdi. Isyon muvaffaqiyatli yakun topib, Shomdan chiqqan kurd xalqining asl farzandi musulmonlarni frantsuzlar istilosidan xalos etdi. Ammo uning o'zi asir tushib qoldi, «erk, madaniyat va insonparvarlik tarafdorlari» qo'lga olingan Sulaymon Halabiyni qay ahvolga solganini ko'ring.

Dastlab frantsuzlar Sulaymon Halabiyning qo'lini suyaklari qorayib ochilguncha o'tda kuydirishdi. Shundan so'ng, jallodlar Islomni himoya qilishda Sulaymon Halabiyga yaqindan yordam bergan boshqa asir yigitlarni Sulaymonning ko'z o'ngida tiriklayin yoqishdi. Sulaymon Halabiyning o'zini esa nihoyatda qabihlik bilan o'ldirishdi – tanasini chormixga tortgach, qornini miltiq nayzasi bilan yorib, tirigicha tilka-pora qilishi uchun yirtqich qushlarga qo'yib berishdi. Ana sizga «yuksak madaniyat sohiblari!»

Frantsuz bosqinchilari bunday ablahlik bilan ham cheklanishmadi. Ular Sulaymon Halabiyning bosh suyagini Parijga yuborib «Inson muzeyi» ga, yorlig'iga «Criminel» (jinoyatchi) yozuvini bitib tomoshaga qo'yishdi. Mana 200 yildan ziyod vaqt o'tibdiki, o'z universiteti, professor-o'qituvchilari va dinini frantsuzlarning bosqinchi armiyasidan himoya qilgan yigitning bosh suyagi Frantsiya muzeyida saqlanmoqda.

Manba: azon. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!