Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Kreml Putin va Bushning raqsga tushishi videosini e'lon qildi
MUHARRIR: Admin

14 YANVAR, 20:20 / KO'RILDI: 93

Rossiya prezidenti matbuot xizmati Rossiya prezidenti Vladimir Putinningq amerikalik sobiq hamkasbi Kichik Jorj Bush bilan “Sudarinya-barinya” qo'shig'iga raqsga tushayotganlari tasvirlangan arxiv videoni e'lon qildi.

Ta'kidlanishicha, ushbu video ikki etakchining 2008 yil apreldagi uchrashuvida suratga olingan. Bu AQShning 43-prezidentining Rossiyaga oxirgi tashrifi bo'lgan. O'sha yilning noyabrida Barak Obama AQShning 44-prezidenti etib saylangandi.   

Videoda Putin sahnada xorovod bilan, Bush esa pastda raqqosalardan biri bilan raqsga tushayotgani tasvirlangan.

Ushbu rolik Putinning Rossiya prezidenti va bosh vazir lavozimlaridagi faoliyatining 20 yilligiga bag'ishlangan loyiha doirasida e'lon qilindi. 

Manba: kun. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Umumiy: 1