Kirish | A'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Markaziy bank 250 mlrd so'mlik obligatsiyalarini joylashtirish bo'yicha auktsion savdolarini o'tkazdi
MUHARRIR: Aman

14 YANVAR, 20:10 / KO'RILDI: 54

14 yanvar, seshanba kuni Markaziy bank tomonidan O'zbekiston respublika valyuta birjasida muomala davri 6 oy bo'lgan 1 million so'm nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 250 milliard so'mlik 250 ming dona obligatsiyani joylashtirish bo'yicha auktsion savdolari o'tkazildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma'lum qildi.

Auktsionda 13 ta tijorat banki ishtirok etgan bo'lib, ular tomonidan 613,3 milliard so'm hajmidagi 603 900 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auktsion davomida 250 000 dona qimmatli qog'oz 257,0 milliard so'm qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Auktsionda joylashtirilgan obligatsiyalarning so'ndiriladigan umumiy hajmi 250,0 milliard so'mni tashkil etadi.

Auktsion natijalariga ko'ra, qimmatli qog'ozlarning o'rtacha tortilgan daromadliligi yillik 10,01 foizni, minimal daromadlilik darajasi 7,56 foizni va chegirish narx bo'yicha maksimal daromadlilik darajasi 12,02 foizni tashkil etdi.

Manba: daryo. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!