Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Video: Surxondaryoda 7 sinf o'quvchisi tengdoshini o'ldirdi
MUHARRIR: Admin

14 YANVAR, 16:50 / KO'RILDI: 159

Surxondaryo viloyatining Qumqo'rg'on tumanida 6-sonli maktab o'quvchisi tengdoshini o'ldirdi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi. Ma'lum bo'lishicha, o'quvchi Shavkat 2019 yil 12 dekabr kuni O'ralni samsung rusumli telefon topib oldim deb aldab, daryo bo'yiga olib borgan. U erda Shavkat sherigi, 12 yoshli Jasur bilan O'ralni pana joyga olib borgan. Shundan so'ng 17 dekabr kuni balichqi O'ralning jasadini ko'rib qolgan va huquq tartibot organlariga xabar bergan. Ushbu holat yuzasidan so'roq qilinganda Shavkat marhum O'ral tomonidan doimiy kamsitib kelinganini aytgan. Shu sababdan ham Shavkat undan mana shu yo'l bilan qasos olganini aytgan. "Qo'rqqanimdan hech kimga aytmadim. Birinchi aytmoqchi bo'ldim, lekin qamalib ketishimdan qo'rqib hech kimga aytmadim. Tushlarimga kirib, kechalari uxlay olmadim", - deydi Shavkat. Hozirda Shavkat JPKning 221-moddasiga asosan ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!