Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:15
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
"Captiva"lar, bormisiz, omonmisiz?": 63000 dollar havoga uchdi

 10 APREL, 10:20 107

.

Toshkent shahri. 2021 yilning 17 mart kuni 51 yoshli Doniyor M., Olmazor tumani Beruniy ko'chasida bo'la turib, 46 yoshli Bahodir A.,ga o'zini avtomashina oldi-sotdisi bilan shug'ullanishini ma'lum qilib, unga qisqa fursatda ikkita “Captiva-4” rusumli avtomashina olib berishini va'da qilib, jami 63 000 AQSh dollar pul mablag'larini aldov yo'li bilan qo'lga kiritib bergan va'dasini bajarmasdan o'z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan Doniyor M.,ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (Firibgarlik, ya'ni aldash, ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan o'zganing mulkini juda ko'p miqdorda qo'lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™