Xayirli tong, Guest!
Soat: 08:34
LoginA'zo bo'lish
Rossiyada hayvonlar uchun koronavirusga qarshi birinchi vaktsina ro'yxatga olindi

 31 MART, 17:30 120

.

Rossiyada hayvonlar uchun koronavirusga qarshi birinchi vaktsina ro'yxatdan o'tkazildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rosselxoznadzor raisi o'rinbosari Konstantin Savenkovga asosan.

Ushbu vaktsina "Karnivak-Kov" deb ataladi va uni ommaviy ishlab chiqarish 1 apreldan boshlanishi mumkin. Uning klinik sinovlarida ko'plab it, mushuk, tulki, norka va boshqa hayvonlar ishtirok etgan.

"Sinov davomida vaktsina zararsiz ekani va hayvonlarda 100% koronavirusga qarshi immunitet ishlab chiqilgani qayd etilgan. Hayvonlarda immunitet o'rtacha 6 oygacha saqlanib qoladi", - dedi mutaxassis.

"Karnivak-Kov" bugungi kunda dunyoda hayvonlar uchun COVID-19ga qarshi yaratilgan yagona vaktsina hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Gamaleya nomidagi Immunologiya markazi direktori akademik Aleksandr Gintsburg koronavirusning navbatdagi bosqichida hayvonlar ommaviy zararlanishni boshlanishi mumkin degan edi.

Shuningdek, statistik ma'lumotlarga ko'ra, uy hayvonlari egalari koronavirusga chalinish ehtimoli yuqori ekani aniqlangan. Mutaxassislar xulosasiga ko'ra, uy hayvonlari o'zi zarardanmasa-da, virus tashuvchisi bo'lishi mumkin.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™