Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:20
LoginA'zo bo'lish
Chet elda vaktsina olganlar O'zbekistonga kelgach yana emlanadimi?

 10 APREL, 09:15 80

.

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Sevara Ubaydullaeva xorijda COVID-19’ga qarshi emlanganlar O'zbekistonga kelgach, emlash jarayoniga jalb qilinish-qilinmasligiga oydinlik kiritdi.

«Chet elda emlanib, emlanganlik sertifikatini olgan fuqarolar O'zbekistonda emlanishi shart emas. Bunday holatlarda tibbiyot muassasalari xodimlariga mazkur sertifikat taqdim etiladi va fuqaro emlanganlar ro'yxatiga kiritiladi», — degan u.

Sevara Ubaydullaevaning bildirishicha, xorijda vaktsina qabul qilgan fuqarolar 2 yoki 3 bosqichli emlashdan to'liq o'tganidan so'ng emlanganlik sertifikatini oladi. Ba'zi davlatlarda sertifikat o'rniga ma'lumotnoma beriladi. Bu ma'lumotnomada emlashning barcha bosqichidan to'liq o'tgan yoki o'tmaganlik to'g'risida yozuvlar kiritilgan bo'ladi. Bu hujjat tibbiyot xodimlari tomonidan o'rganib chiqilgach, mazkur fuqaroni emlash bo'yicha xulosa qilinadi.

«Agar fuqaro chet elda ham mamlakatimizda qo'llanilayotgan vaktsina bilan emlanishni boshlagan bo'lsa, keyingi bosqichlarni yurtimizda davom ettirishi mumkin», — deb qayd etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi.

Eslatib o'tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. Emlash dastlab qariyalar, sog'liqni saqlash xodimlari, OAV vakillarida ko'ngilli tarzda o'tkaziladi. 8 aprel holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasiga qarshi jami emlanganlar soni 83 076 nafarga etdi. To'liq emlash kursini tamomlagan fuqarolarga QR-kodli sertifikat beriladi.

«Yuksalish» umummilliy harakati emlash tadbirlari haqida internet foydalanuvchilarining kayfiyati va fikrlarini bilish maqsadida o'tkazilgan (29—31 mart) onlayn-so'rov natijalariga ko'ra, O'zbekistonda aholining ko'pchiligi koronavirusga qarshi emlanishni istamayotgani ma'lum bo'lgandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™