Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:15
LoginA'zo bo'lish
Shedevr gol! O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Qozog'iston chempionatida maydon mark

 10 APREL, 08:35 100

.

Futbol bo'yicha Qozog'iston Premer Ligasi 4-turi doirasida «Aqto'be» jamoasi 9 aprel, juma kuni o'z maydonida «Ordabasi»ni qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar 8 ta gol urishga erishdi. Shulardan 4 tasi mezbonlar, yana 4 tasi esa mehmonlar hisobiga yozildi. «Aqto'be» safida Igor Sergeev, Erkebulan Nurgaliev, Rifat Nurmugamet, Mixal Erjabek, «Ordabasi» safida esa Temirlan Erlanov, Juan Paulo da Silva (2 ta) va Sergey Xichnichenko gol urishga erishdi.

Gap shundaki, «Aqto'be» safida to'p tepayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Igor Sergeev mazkur bahsda maydon markazidan o'ta kuchli zarba yo'llab gol urishga erishdi. Futbolchi maydonda 81 daqiqa harakat qildi.

Igor Sergeevning qoyilmaqom goli va o'yindagi barcha gollarni bu erda tomosha qilish mumkin — video.

Eslatib o'tamiz, Sergeev 2021 yil fevralida «Aqto'be» bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolagan. Ungacha Igor «Paxtakor» sharafini himoya qilib kelayotgandi. Hujumchi aqto'beliklar safida Qozog'iston chempionatining 4 ta o'yinida qatnashib, 2 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt portali Sergeevning ayni damdagi narxi 1,5 million evro ekanligini ko'rsatmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™