Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:02
LoginA'zo bo'lish
Bosh maqsad — yoshlarni kasbga yo'naltirish va ularning bandligini ta'minlashdir

 10 APREL, 08:15 93

.

Joriy yilning 5 aprel kuni “kun.uz” saytida «Erni egasiga berish kerak, dehqonning ishiga hech kim aralashmasligi shart. Tahlil va taklif» nomli maqola e'lon qilindi.

Maqolada nega 4 million gektarga yaqin ekin erlarimiz bo'la turib, qishloq aholisi Rossiyada qora ishchi bo'lib yurgani, kimdir bir parcha yaroqsiz erida xalqini to'yg'azib, yana meva-sabzavotni eksport ham qilayotgani, yurtimizda esa shuncha er va unda ishlashni istaydigan fuqarolar ko'p bo'lishiga qaramay ular o'zgalarga xizmatkor qilib qo'yilgani bayon etilgan. Dehqonlarning ustida mingta mansabdor turib, ularni erkin ishlashlariga yo'l qo'yilmayotgani ta'kidlangan.

Dehqonning haq-huquqi go'yo ilashib turgan qurigan barg kabi – har qanday lahzada uzilib tushishi va toptalishi, mahalliy hokimiyatlarning qo'shtirnoq ichidagi nazorati ostida faoliyat yuritadigan fermerlarning erlari har qanday vaziyatda olib qo'yilishi mumkinligi tilga olingan.

Shu o'rinda aytish lozimki, yurtimizda har bir fuqaroning o'zi xohlagan sohada mehnat qilishi, o'zi xohlagan soha bo'yicha shug'ullanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, imkoniyatlar etarli. Xususan, o'z biznesini boshlash istagida yurgan yigit-qizlarga dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, bog'dorchilik va tadbirkorlikning boshqa turlari bilan shug'ullanishi uchun ularga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratilmoqda.

Shuningdek, joriy yilda respublikamizda 233 647.3 gektar er maydoni yoshlarga ajratilishi rejalashtirilgan bo'lib, shu yil 6 aprel holatiga ko'ra, 51 682 gektar er maydonlari yoshlarga ajratib berilishi natijasida 239 816 ta ish o'rni yaratishga erishildi. Yangi er maydonlari o'zlashtirilishi, lalmi erlarga quduq qazilib, suv chiqarilayotgani bois yoshlarimiz bodom, yong'oq, gilos, olma, shaftoli, nok ko'chatlari ekib, ko'chatlar ostida qovun, tarvuz, oshqovoq, loviya, mosh, eryong'oq urug'lari qadayapti.

Agar Xitoyda 8 sotix eri bor odam badavlat hisoblansa, bizning qishloqlarimizda bundan ham katta tomorqalar bor. Shu sababli serhosil erimiz bor ekan, undan doimo unumli foydalanishimiz, mehnat qilib daromad olishimiz kerak. Negaki, hozirgi og'ir sharoitda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan birlamchi talabini qondirish ko'p jihatdan erdan oqilona foydalanishimizga bog'liq.

Bu borada yurtimizda ekin erlaridan samarali foydalanish, er egalarining huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, ularda shaxsiy mas'uliyat va javobgarlik hissini oshirish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish, soha ravnaqiga to'siq bo'layotgan kamchiliklarni uzil-kesil bartaraf qilishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Sohaga oid qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlar esa erning haqiqiy egasi sifatida fermer va dehqon xo'jaliklarining huquqiy maqomini aniq belgilab berish bilan birga, ularning qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy sub'ektlar sifatida shakllanishi va rivojlanishini ta'minladi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qishloq xo'jaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikning takomillashtirilishi va «Dehqon xo'jaligi to'g'risida»gi Qonunning qabul qilinishi, shubhasiz, agrar tarmog'ini yanada rivojlantirishda muhim huquqiy hujjat bo'ldi.

Unga muvofiq, 18 yoshga to'lgan, muomalaga layoqatli bo'lgan, o'ziga dehqon xo'jaligini yuritish uchun er uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida berilgan O'zbekiston fuqarosi yoki O'zbekiston hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxs dehqon xo'jaligi boshlig'i bo'lishi mumkin. Shuningdek, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan erlarning asosiy ekindan bo'shagan qismi 0,06 gektardan 10 gektargacha bo'lgan o'lchamda bir yilgacha bo'lgan muddatga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berilishi belgilandi.

Endilikda dehqon xo'jaligi o'z ixtisoslashuvini, shu jumladan, qishloq xo'jaligi ekinlarining turlari va hajmlarini, ularni etishtirish hamda agrotexnik tadbirlarni o'tkazish usullarini hamda dehqon xo'jaligi o'zi ishlab chiqarayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib narxlarni ham mustaqil ravishda belgilaydi.

Dunyoda aholi sonining o'sib borishi, ekin erlar va suv resurslarining cheklanganligi, ayniqsa, global iqlim o'zgarishi va tabiiy ofatlar natijasida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash barcha mamlakatlarda eng dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Bunday paytda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bo'lgan talabini qondirish, bozorlarda narxlar barqarorligini ta'minlashda tomorqa va dehqon xo'jaliklari er maydonlaridan samarali foydalanish eng to'g'ri va samarali yo'ldir.

Tahlillarga ko'ra, hozirgi kunda respublika bo'yicha 5,5 milliondan ortiq dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari 502 ming gektar ekin erlaridan foydalanib kelmoqda. Oxirgi to'rt yilda dehqon xo'jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali foydalanish bo'yicha bir qator qarorlar qabul qilindi. Qonunlarimizga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib takomillashtirilgani natijasida ekin eridan samarali foydalangan tomorqa er egalarini rag'batlantirish mexanizmi joriy etildi.

Xususan, 2018 yil 24 dekabrda qabul qilingan (O'RQ-508) qonun bilan Soliq kodeksining 311-moddasiga o'zgartirish kiritilib, dehqon xo'jaliklari a'zolari hamda 4 sotixdan kam bo'lmagan tomorqa erida band bo'lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo'lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar yiliga sug'urta badallarini eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorda to'lash orqali bir yil mehnat stajiga ega bo'lishi belgilab qo'yildi. Mutlaqo yangi tizim asosida, uyma-uy kirib, tomorqaga ekin ekishni targ'ibot qilish ishlariga keng jamoatchilik jalb qilindi.

Dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida 2018 yil 26 aprelda qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzurida Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etilib, hozirda ushbu jamg'arma dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlab kelmoqda.

Misol uchun, Jamg'arma tomonidan 2018-2021 yillarda jami 570 mlrd so'm, shundan 310 mlrd so'm aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, 147 mlrd so'm «Tomorqa xizmati» MChJlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun yo'naltirildi. Tumanlarda tashkil etilgan 400 dan ortiq «Tomorqa xizmati» korxonalari tomonidan aholiga urug'lik, ko'chatlar etkazib berish, texnika, kimyoviy ishlov va boshqa xizmatlar ko'rsatish yo'lga qo'yildi.

“kun.uz” saytida e'lon qilingan maqolada tadbirkorlikka layoqatli kishilar uchun imkon qadar yaxshiroq sharoit yaratish kerakligi, ko'plab oilalar erda ishlab ijod qilishi, izlanishi, o'sib kelajakka rejalar qilishi, farzandlari kelajagini shu zamin bilan bog'lashi qayd etilgan. Qishloq yoshlari berilgan imkoniyatlardan foydalanmay kelayotgani, mustaqil dehqon bo'lishni, hokimlar tazyiqi va aralashuvidan holi faoliyat yuritishni orzu qilishlari bildirilgan.

Bugun yangi O'zbekistonda yoshlarga munosabat butunlay o'zgarganiga hammamiz guvoh bo'lib turibmiz. Prezidentimiz ham Oliy Majlisga murojaatnomasi va viloyatlarga tashriflari chog'ida yoshlar muammolari hamda ularni bandligini ta'minlash masalasiga alohida e'tibor qaratadi.

Yoshlar bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasiga bag'ishlab joriy yil 27 yanvar kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida mamlakatimiz rahbari bu masalaga yana bir bor to'xtalib, Murojaatnomada aytilgan takliflarni amalga oshirish, yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini bartaraf etish bo'yicha mutasaddilarga zarur ko'rsatmalar berdi.

Barcha tuman va shaharlarda, har bir mahallada ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo'yicha mutlaqo yangi – «temir daftar» tizimi joriy etilib, qisqa muddatda bu tizim orqali ko'plab fuqarolarimizning bandligi ta'minlandi.

Dehqon xo'jaligi va tomorqa er egalariga 300 milliard so'm imtiyozli kredit va subsidiya ajratilgani ham qishloq aholisini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashda yangi yo'nalishga aylandi. Yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta'minlash uchun 100 million dollar, ularning biznes loyihalarini kreditlash, kasb-hunarga o'qitish uchun 1 trillion so'm va 50 million dollar ajratilishi yurtimizda ertamiz egalariga bo'lgan e'tiborning amaldagi yorqin ifodasidir.

Har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo'nalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug'ullanadigan oilalarga 10 sotixdan 1 gektargacha er maydonlari ajratilishi, fermer va dehqonlar uchun keng imkoniyatlar yaratilishi mirishkorlarimiz uchun katta rag'bat bo'ldi. Chunki manfaatdorlik va adolat bo'lgan joyda, albatta, o'zgarish va o'sish bo'ladi, odamlar hayotdan rozi yashaydi.

Yana bir gap. Mamlakatimiz agrar sohada islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlash eng asosiy masalalardan sanaladi. Shu bois, er munosabatlarini huquqiy asosda rivojlantirish va tartibga solish, erlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish maqsadida Er kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi.

Aytish kerakki, amaldagi Er kodeksi 93 ta moddadan iborat bo'lib, undan 8 ta modda talablarga javob bermasligi sababli yangi tahrirdagi Er kodeksi loyihasidan chiqarildi. Loyihada 63 ta yangidan modda kiritilgan bo'lib, unda erlarning turlari, erlarni bir turdan boshqa turga o'tkazish asoslari, er uchastkasini bo'lish, ajratib chiqarish, er uchastkalarni birlashtirish, er sohasini tartibga solish va Davlat er kadastri sohasidagi yangi tushunchalar o'z ifodasini topgan.

Er uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yish hamda er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni cheklash, yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga bo'lgan huquqlarini bekor qilish bo'yicha normalar bilan to'ldirilmoqda.

Shuningdek, amaldagi kodeksda qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan erlarni xususiylashtirish mexanizmlari tartibga solinmagani, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan er uchastkalarini ajratishda ochiqlik va shaffoflik ta'minlanmagani, jumladan, fermer xo'jaliklaridan tashqari boshqa tadbirkorlik sub'ektlariga er ajratish masalasi belgilanmagani juda ko'plab e'tirozlarga sabab bo'layotgan bo'lsa, yangi tahrirdagi Er kodeksi loyihasida yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo'mitasi bir qator vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi kodeks loyihasi ustida ishlab, uni yanada takomillashtirish bo'yicha ish olib bormoqda. O'z navbatida, joylarda aholi bilan muloqotlar chog'ida sohaga qonun loyihalarini joylarga chiqib, omilkor odamlarimiz bilan ochiq muloqot qilib, ularni o'ylantirayotgan masalalarni aniqlash, takliflarini qonun ijodkorligi jarayonida e'tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qilyapti. Zero, qishloq xo'jaligini isloh qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash biz uchun eng muhim vazifalardan biridir.

Bir so'z bilan aytganda, yoshlar bandligini ta'minlashning eng samarali usullaridan biri bu – yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash bo'lsa, ikkinchisi –dehqonchilik qilish uchun ularga er ajratishdir. Shu bois, zaxira erlarni yoshlarga foydalanish uchun berish, tomorqada limonchilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik qilishlari uchun kreditlar ajratishda biz ularga eng yaqin ko'makchi bo'lyapmiz. Bosh maqsadimiz ham ishsiz yoshlar uchun munosib sharoit yaratish, ularni kasbga yo'naltirish va bandligini ta'minlashdan iborat.

Botirbek TO'RAZODA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo'mitasi a'zosi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™