Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:07
LoginA'zo bo'lish
Uchta so'zli haqorat: Janubiy Koreyada o'qituvchisini so'kkan o'zbekistonlik talabaga jazo tayinland

 31 MART, 17:10 135

.

Pusan ​​shahar sudi (Janubiy Koreya) 23 mart kuni Kyonsan milliy universitetida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabani o'qituvchini haqorat qilgani uchun aybdor deb topdi va uni 4000 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortdi.

Sud qaroriga binoan, Kyonsan universiteti huzuridagi Turizm va mehmonxonalarni boshqarish institutida o'qiydigan ismi oshkor qilinmagan talaba Janubiy Koreyadan chiqarib yuboriladi, deb yozadi OAV.

Sud jarayoni tafsilotlari bilan tanish bo'lgan Janubiy Koreyada o'qiyotgan ikki talabaning aytishicha, Busan shahar sudi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining lingvistik xulosasi va koreys mutaxassisining o'zbek tilidagi so'zlariga tayanib voqeani "jinsiy zo'ravonlik" sifatida emas, balki "engil haqorat" sifatida qabul qildi.

Sud, shuningdek, ishni "bosdi-bosdi" harakat qilgan fakultet dekaniga nisbatan alohida ajrim chiqardi. Dekan rasmiy tanbeh oldi. Bundan tashqari, unga o'xshash holat takrorlangan taqdirda, u butun umr ta'lim tizimidan chetlashtirilishi mumkinligi to'g'risida ogohlantirildi.

Kyonsan milliy universiteti Turizm va mehmonxonalarni boshqarish instituti professori Xak Seon Kim shu yil 22 mart kuni Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutiga xat yubordi. Professor o'z xatida o'zbekistonlik talaba ishtirokidagi mojaroning mohiyati haqida qisman gapirib berdi va o'zbek talabasi tomonidan unga yozilgan uchta so'zga lingvistik izoh berishni so'ragan. Uning ma'lum qilishicha, semestr oxirida past bahoga rozi bo'lmagan o'zbekistonlik talaba o'qituvchisining elektron pochtasiga uchta so'zdan iborat o'ta haqoratli xabar jo'natgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'zbek professori o'zbekistonlik talaba janubiy koreyalik hamkasbiga aytgan so'zlarning ma'nosini tarjima qilgan va bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™