Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:04
LoginA'zo bo'lish
Indoneziyada Imom Buxoriy nomidagi masjid ochildi

 9 APREL, 20:55 77

.

O'zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi Eko Shri Margianti tashabbusi bilan Indoneziyada qurilgan Imom Buxoriy nomidagi masjid ochildi.

Ushbu masjidning ochilishi Prezidentning «Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi famoni doirasida Indoneziyada O'zbekistonning boy islomiy merosini targ'ib qilishga xizmat qilishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, masjid Gunadarma universiteti arxitektor talabalari tomonida loyihalashtirilgan. Mazkur masjid ochilishida Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov onlayn tarzda nutq so'zlab, Indoneziya  musulmonlari tomonidan ulug' muhaddis Imom al-Buxoriy nomiga masjid barpo qilinishi ikki xalq o'rtasidagi birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlashini e'tirof etdi.

Shuningdek, masjid ochilishida O'zbekistonning Indoneziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Ulug'bek Roziqulov tabrik so'zi bilan ishtirok etdi hamda masjid uchun esdalik sovg'alari hadya qildi.

Masjid O'zbekistonda mavjud arxitektura echimlari asosida barpo etildi. Masjid naqshlari Shohi Zinda ziyoratgohidan andoza olingan bo'lsa, g'ishtlarini terishda Buxorodagi Poyi Kalon masjidiga o'xshash tarzda yondashilgan. Old tarafida Hastimom masjidida mavjud minoralar kabi ikki minora qad rostlagan.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™