Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:24
LoginA'zo bo'lish
Ahmadaliev WBA chempion unvonini himoya qiladi

 9 APREL, 19:35 84

.

Butunjahon boks uyushmasi (WBA) WBA va IBF engil vazn toifasidagi chempioni Murodjon Ahmadaliev va WBA Gold unvoni sohibi, 31 yoshli amerikalik Ronni Rios o'rtasidagi jangni tayinladi.

Bokschilar vakillari jang sanasini 30 kun ichida (6 maygacha) kelishib olishlari kerak. Agar kelishuvga erishilmasa, WBA jangni tashkil qilish huquqi uchun savdo o'tkazishni belgilashi mumkin.

29 yanvar kuni - Deniel Romanga qarshi jangda o'zbekistonlik bokschi chempionlik unvonni majburiy himoya qilish kerak edi. Ammo WBA bokschiga birinchi navbatda yaponiyalik bokschi Ryosuke Ivasaga qarshi IBF unvoni majburiy himoyasini amalga oshirish imkoniyatini berdi.

Ahmadaliev va Ivasa o'rtasidagi jang 3 aprel kuni Toshkentdagi " Humo Arena "da bo'lib o'tdi. U o'zbek bokschisining g'alabasi bilan yakunlandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™