LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:58
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Kim aldandi?
MUHARRIR: wapusta

11 NOYABR, 08:50 / KO'RILDI: 35

Bir odam yo'lda ketarkan, dehqonga duch kelibdi va salom beribdi:

– Assalomu alaykum! – Vaalaykum assalom! Yo'l bo'lsin, birodar?

– Sigirimga em olmoqchiman, shu tarafda bir baqqol bor ekan, shuning do'koniga ketyapman. – Shunaqami... unday bo'lsa, ehtiyot bo'l, aldanib qolma!

– Meni hech kim alday olmaydi! – Men aytdim-qo'ydimda...

U odam baqqolning do'koniga etib kelibdi. Salom-alikdan so'ng, emning narxini so'rabdi. «Falon narx», – debdi baqqol.

– Yaxshi, menga o'n kilo bersangiz.

Baqqol o'tirgan joyidan qo'zg'almabdi. Qo'li bilan do'konning orqa tomoniga erinibgina ishora qilib: – O'sha yoqqa o'tib, emdan keragini olgin-da, menga pulini to'lab ketaver. Em to'kib qo'yilgan joyda tarozi ham bor, – debdi.

Xaridor ko'rsatilgan tarafga o'tib, xaltasini taroziga qo'yib, em sola boshlabdi, o'n kilo bo'lgandan keyin qarasa, atrofda hech kim yo'q, baqqol o'tirgan joydan bu taraf ko'rinmaydi ham. Odam xaltasiga to'rt-besh kilo ortiqcha em solibdi va baqqolga o'n kilo em uchun pul to'lab, uni aldabdi. Chiqib, o'z yo'liga ketibdi. Yo'lda yana boyagi dehqonni uchratibdi.

– Em oldingmi? – so'rabdi dehqon. – Ha oldim. Siz aldanib qolma, degandingiz. Baqqolingiz aldashni eplaydigan odam emas-ku, bir joyda mudrab o'tiribdi. Qaytaga men uni bopladim, to'rt-besh kilo ortiqcha em oldim, sezgani ham yo'q... 

Dehqon bu odamning yuziga achinish bilan boqib, boshini sarak-sarak qilibdi: – Men senga aytgandim-a, aldanib qolishdan ehtiyot bo'l, degandim-a! Afsus...

Aslida sen aldanding! Arzimagan 4-5 kilo em uchun xayr-barakangni qo'ldan boy berding, baqqolning gunohlarini o'z elkangga olib, do'zaxni o'zingga tayin qilib qo'yding!

Xulosa: Bugun Sizni kimdir aldagan bo'lsa, kuyunmang, g'am chekmang, zotan bugun Sizning emas, balki aldagan kimsaning aldanish kuni bo'libdi.

Manba: azon.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!