Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:06
LoginA'zo bo'lish
Portugaliya ham "AstraZeneca" vaktsinasidan foydalanishni to'xtatdi

 9 APREL, 18:50 78

.

Portugaliya ba'zi yosh toifalarini "AstraZeneca" kompaniyasining koronavirusga qarshi vaktsinasi bilan emlashni to'xtatadi. 

Mahalliy OAV xabarlariga ko'ra, rasmiylar bu haqdagi qarorni yaqin vaqt ichida e'lon qiladi. Xabarlarda qaysi yosh guruhlari haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq, "AstraZeneca" (Buyuk Britaniya/Shvetsiya) kompaniyasi vaktsina bilan emlangan ayrim kishilarda qon quyuqlashishi — tromb paydo bo'layotganini o'rganishni kirishganini bildirgan edi.

7 aprel kuni Buyuk Britaniyaning Dori va tibbiy vositalarni tartibga solish agentligi mamlakatda "AstraZeneca" vaktsinasi bilan emlanganlar orasida 79 ta holatda tromb hosil bo'lganini ma'lum qilgan edi. Shu bois vaktsinani qon quyuqlashishi bilan bog'laydigan dalillarning ko'payib borayotgani sababli ushbu preparatni 30 yoshgacha bo'lgan shaxslarda ishlatmaslikka qaror qildi.

Keyinchalik Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) "AstraZeneca" vaktsinasi va tromb hosil bo'lish o'rtasida bog'liqlik borligini ma'lum qildi. 

JSST bu tashvishli ekanini ta'kidlab, 200 million emlanganlar orasida ayrim holatlarda qayd etilayotgani va bu juda kamligini bildirdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™