Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
La Liste dunyoning eng yaxshi restoranlari reytingini e'lon qildi
MUHARRIR: Admin

3 DEKABR, 06:40 / KO'RILDI: 21

Dunyoning eng yaxshi 1000ta restoranini o'z ichiga olgan La Liste reytingining eng yuqori o'rinlariga Frantsiya, AQSh va Yaponiyadagi restoranlar joylashdi.

Reytingga ko'ra, Parijdagi Guy Savoy, Nyu-Yorkdagi Le Bernardin hamda Yaponiyadagi Ryugin va Sugalabo restoranlarining har biri 99,5 balldan oldi.  

Guy Savoy va Le Bernardin o'tgan yili ham reytingning eng yuqori pog'onasidan joy olgandi.

Yaponiyaning Kioto shahridagi Kitcho Arashiyama, Parijdagi L'Arpege, Monakodagi Le Louis XV - Alain Ducasse, Ispaniyadagi Martin Berasategui va Yaponiyadagi Sushi Saito restoranlari 99 ballga loyiq ko'rildi. 

La Liste reytingi Frantsiya tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan 2015 yildan buyon e'lon qilib kelinadi. Undan ekspertlarning fikriga ko'ra kelasi yili albatta borish kerak bo'lgan 1000ta restoran nomi joy oladi.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!