LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:05
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Qashqadaryoda 8-sinf o'quvchisi o'zini osib qo'ygach, u o'qigan maktab va u yashagan mahalla mas'ull
MUHARRIR: wapusta

11 NOYABR, 08:35 / KO'RILDI: 164

Qashqadaryoning Qarshi tumanidagi 63-maktabda o'qigan 8-sinf o'quvchisi 2 noyabr kuni o'zini osib qo'ygan edi. Dastlabki xabarlarda u maktabdagi kamsitishlarga chidolmay, shu ishga qo'l urgani aytilgandi; «Turon 24» tomonidan olib borilan surishtiruvda esa bu fojiada o'quvchining otasi maktabni, maktab vakillari esa otani ayblayotgani haqida so'z boradi. Agentlik surishtiruvida, shuningdek, ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi amalga oshirgan ba'zi xatti-harakatlarga ham to'xtalib o'tilgan.Marhum o'quvchining sinfiga u 5—6-sinfda o'qiyotganida rahbarlik qilgan biologiya fani o'qituvchisi Dilobar Bobojonova va 8-sinfning sobiq sinf rahbari Zilola Ahmedovaning aytishicha, ushbu ko'ngilsiz voqea sodir bo'lgandan keyin maktab o'qituvchilari va rahbariyatini, mahalla inspektori va imomini — jami 12 kishini 7 noyabrga o'tar kechasi, soat 24:00 atrofida Qarshi tuman prokuraturasiga chaqirtirishgan va ularni tong soat 5:00 ga qadar idorada ushlab turishgan.

O'qituvchi Zilola Ahmedovaning so'zlari: «Tuman prokurori «Sen shu vaziyat uchun muhit yaratib bergansan», deya meni haqoratladi. Prokuror meni: «Pul yiqqansan. Tadbir qilib, o'quvchilarga go'sht opkelinglar, degansan», deya aybladi. «Bunga asosingiz bormi?», desam: «Tiling buncha burro ekan, Amerikadanmisan?», deya yana tahqirlay ketdi. Menga xuddi jinoyatchi bilan gaplashayotgandek o'dag'aylab, qo'pol so'zlar bilan munosabatda bo'ldi. Prezident o'qituvchilarning nufuzini oshirishga harakat qilayotgan bir paytda Qarshi tumani prokurorining bu munosabatiga tushunolmadik».

O'qituvchi Dilobar Bobojonovaning so'zlari: «Prokuraturada mendan 10 sentyabr kuni o'quvchiga nimaga past baho qo'yganimni so'rashganida, shuni asoslab berayotgan edim, tuman prokurori meni ham: «Amerikadanmisan?!», deya haqorat qildi. Tuman prokurori maktab direktorini chaqirib, hoziroq menga hayfsan berishi kerakligini, oyligimdan 30 foiz ushlab qolishi lozimligini aytdi. Vaholanki, o'sha payt soat tonggi 4:00 edi. O'quvchining bilimi talabga javob bermagani uchun past baho qo'yganim mening aybimmi?».

Ma'lumot uchun, Qarshi tumanidagi ushbu hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi «b» bandi («voyaga etmagan shaxsni o'zini o'zi o'ldirish darajasiga etkazish») bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan (aybdor deb topilgan shaxs 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi).

Manba:

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!