Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:42
LoginA'zo bo'lish
Ohangaronda 6,5 milliard so'mdan ortiq kompensatsiya pullari undirib berildi

 9 APREL, 17:15 83

.

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati Ohangaron shahar bo'lim ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo'yicha Ohangaron tumanlararo va Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudlarining ijro varaqalariga asosan, qarzdor Ohangaron tuman hokimligidanfuqaro va tadbirkorlar foydasiga, er maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishi munosabati bilan, ularning buzilgan turar va noturar bino-inshootlari uchun jami 6.526.514.003 so'm, kompensatsiya undirish bo'yicha ijro hujjatlari kelib tushgan.

Jumladan, Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqalari, ya'ni 03.08.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan undiruvchi “MARJON-NILU BARAKA” xususiy korxonasining foydasiga 462.925.074 so'm hamda 10.08.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan undiruvchi “SARVAR AZIZ UMARZODA RAMZI” fermer xo'jaligining foydasiga, 5.921.900.000 so'm qarzdor Ohangaron shahar hokimligidan kompensatsiya pullari undirish; 

Bundan tashqari, Fuqarolik ishlari bo'yicha Ohangaron tumanlararo sudining 11.06.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Ohangaron tuman hokimligidan undiruvchi X.Nishanovning foydasiga, er maydoni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishi munosabati buzilgan uy-joy bino-inshootlari uchun 141.688.929 so'm kompensatsiya puli undirish to'g'risidagi ijro hujjatlari bo'yicha davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, yuqorida ko'rsatilgan barcha ijro hujjatlarida qayd qilingan 6.526.514.003 so'm kompensatsiya pullari Ohangaron tuman hokimligidan to'liq undirilib berilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™