Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:36
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Toshkentda “vazirlik”da tanishi bor andijonlik firibgarning nayrangi fosh bo'ldi

 9 APREL, 11:50 105

.

 Birovning haqi hech qachon o'zgaga buyurmaydi. Bu gal ham shunday bo'ldi. Andijonlik Yokub Xalilov (ism-sharif o'zgartirilgan) ham nafsiga qul kimsalar sirasidan.

Yoqub Xalilov o'zganing mol-mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo'li bilan qo'lga kiritish maqsadida, Paxtaobod tumani hududida fuqaro Jasur Muminovga tegishli va uning qarindoshi X.Mamajonovning nomiga 2017 yilda  Paxtaobod tumani hokimligi qaroriga asosan rasmiylashtirib berilgan, Paxtaobod tumanida joylashgan 12 sotixdan iborat er maydonini, 6.500 AQSh dollariga sotib berishini va'da qilib, shu yo'l bilan uning ishonchiga kirganidan so'ng, ushbu er maydonini fuqaro B.Botirovga, fuqaro A.Sodikov bilan qilgan kelishuvdan arzon narxga sotib, sotuvdan tushgan pul mablag'lari hisobidan 1.500 AQSh dollarini berib, 5.000 AQSh dollarini bermasdan, ushbu pullarni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritib, o'z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Hayotda hiylakor va firibgar kimsa oldida sodda, ishonuvchan odamlar tez ro'para bo'larkan. Buni qarangki Yo.Xalilov, o'zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, jinoiy sherigi O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim Vazirligida haydovchi bo'lib ishlagan Toxir Ismatov (ism-sharif o'zgartirilgan)  bilan jinoiy til biriktirib, tanishi A.Sodiqovning farzandi O.Dovilova, Toshkent davlat Milliy Universitetiga o'qishga kira olmaganligini xabar topib, fuqaro A.Sodiqovga Oliy ta'lim vazirligida ishlovchi tanishi orqali  uning qizini o'qishga kiritib qo'yishga qiziqtirib, shu yo'l bilan uning ishonchiga kirib, buning evaziga undan uning qayin onasi J.Elbekovaga tegishli bo'lgan dastlab 1.000 AQSh dollarini mansabdor shaxsga pora berishga dalolat qilib, so'ng 2.000 AQSh  dollarini o'qish uchun to'lov kontrakt pullari uchun deb firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritib, o'z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Tabiiyki, jinoyat botqog'iga botgan bu toifa shaxslarga esa jazo muqarrar. Sud davlat ayblovchisining xulosasini, himoyachi fikrini, sudlanuvchi Yo.Xalilovni, jabrlanuvchi va guvohlarning ko'rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o'rganib chiqib, Yo.Xalilovni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi hamda 28 va 211-moddasining 1-qismi bilan aybli deb jinoyat sodir etganlikdagi aybli deb topib, qonun sanktsiyasida ko'rsatilgan jazoni tayinladi.

Husniddin Kamolov,

Jinoyat ishlari bo'yicha Bo'ston tuman sudi raisi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™