Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Bizni telegramda kuzating!
Berlin devori ostidagi qutqaruv tunneli ilk marta ommaga namoyish etildi
MUHARRIR: Admin

8 NOYABR, 23:00 / KO'RILDI: 42

Payshanba kuni Berlin devori ostidagi qutqaruv tunneli birinchi marta omma uchun ochildi. Bu yil Germaniyada Berlin devori qulatilganining 30 yilligi nishonlanadi.

«Ozodlik uchun kurash olib borilganini ko'rish juda yoqimli. Bu erni ko'rib odamlarni ozodlikka olib chiqishga uringan va Sharqiy Germaniya rejimiga qarshilik ko'rsatgan ayollar va erkaklarning jasoratini chinakam his qilishimiz mumkin», dedi mayor Maykl Myuller.

1970 yilda G'arbiy Berlinga qochgan odamlar guruhi bu tunnelni qurishni boshlagan. Ular do'stlari va qarindoshlariga Sharqiy Germaniya zulmidan qochishga yordam bermoqchi edilar.

Ammo, qurilish tugashidan bir necha kun oldin kimdir bu haqda Sharqiy Germaniya amaldorlariga xabar qiladi.

Keyin Sharqiy Germaniya hukumati ultratovush tekshiruvi yordamida tunnelni topadi va uni qisman yo'q qiladi.

Ma'lumot uchun, Berlin devori 1961 yilda qurilgan.Devor shaharni 1989 yilgacha, 28 yil mobaynida ikkiga ajratib turgan. Bu davrda 156, 4 kilometr to'siq ostida 70 dan ortiq tunnellar qurilgan va 300 ga yaqin kishi ular orqali Sharqiy Germaniyadan qochib qutulishga muvaffaq bo'lishgan.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!