Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Bizni telegramda kuzating!
“Go'yoki o'zimiz erishganmiz!”
MUHARRIR: Admin

8 NOYABR, 22:20 / KO'RILDI: 36

Tobe'inlarning ulug'i Muhammad ibn Munkadir Muoviya ibn Johima roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifni o'qib qoldi:

Mu'oviya ibn Johima roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u zot Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, ey Rasululloh, men g'azotga bormoqchi edim, maslahatingizni olishlik uchun keldim, dedi. Payg'ambarimiz (s.a.v): “Onangiz bormi?”, dedilar. U kishi: “Ha”, dedi. Shunda Payg'ambarimiz (s.a.v): “Onangizni xizmatlarini g'animat biling, chunki jannat uning oyog'i ostidadir”, dedilar (Imom Nasaiy va Hokim rivoyati).

 Hadisni o'qigach, onasining oldiga chopdi. Ona yoshi bir joyga borgan, qop-qora, etlari suyakka yopishib ketgan, qariya ayol bo'lib, doim  hovlidagi supada yolg'iz o'tirar edi.  Jannat ana shu kampirning oyoqlari ostida ekan....

Munkadir rohmatullohi alayh onasining huzuriga borib, uning bag'riga oshiqdi. Chap yuzini erga qo'ydi. O'ng qo'li bilan onasining poyini yuz-ko'ziga tortib, surtmoqchi bo'ldi. Ona oyoqlarini olib qochar, farzand esa uni o'ziga tortar edi.

Qo'ying bolam, siz olim odamsiz, sizga yarashmaydi, deya tortingan ko'yi farzandini turgazmoqchi bo'ldi. Olimligim meni jannatga kiritmas ekan onajon. Sizning hokingizni tavof qilsam, jannat eshiklaridan biri men uchun ochilsa, deya umid qilaman, dedi u zot.

Keyinchalik u zot:  “Akam tunni namoz o'qib o'tkazdi. Men onamning oyoqlarini ushlab o'tkazdim. Mening tunim o'zimni hursand qilganchalik uning tuni meni hursand qilmadi”, deb xotirlagan edi. 

Endi o'zimizga boqaylik azizlar! Hammamiz g'o'ddayganmiz! Men shu minbarga o'zim chiqib qoldimmi? Yo'q, meni bu joyga duolari bilan chiqargan kishilar hozir er ostidalar.... Salovotlarni go'zal o'qib bergan qorilar o'zlari qori bo'lishdimi? Yo'q, go'dakligidan tahoratsiz ko'krak tutmagan onalari ularni qori qildi. O'ylab ko'ring, nega hammamizning farzandimiz qori emas... 

O'zimizga savol beraylik: biz bu hadisga qanchalik amal qilamiz? Ularni jerkyapmiz, ba'zan dillarini og'rityapmiz. O'tmishda o'tganlardan shunday naql bor: ota-onangga ishlatgan qo'pol so'zlaringni, qarg'ishingni, qamchingni bolang uchun olib qo'y!

Mehr berdikmi, ardoqladikmi farzandimiz ertaga bizga mehr beradi, ardoqlaydi. Xor qilsak, ertaga Alloh bizni bundanda battar xor qildiradi.  

Qiyomat kunida, holimiz tang ahvolda qolganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak shafoatlarini umid qilamiz. Lekin kim unga haqli? Janobimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashib, og'ishmay amal qilgan, qaytarganlaridan qaytgan kishi haqlidir.

Toshkent shahar “Avayxon” masjidi imom-xatibi Aliqul domla Xoliqulovning juma ma'ruzasidan

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!