Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Bizni telegramda kuzating!
Inson miyasi haqida nimalarni bilasiz?
MUHARRIR: Admin

8 NOYABR, 21:50 / KO'RILDI: 57

Dunyodagi mashhur tibbiyot olimlari ko'p yillik ilmiy tadqiqotlar natijasida insonning muhim a'zosi bo'lgan miya haqida quyidagi qiziqarli ma'lumotlarni aniqlashdi:

► Har safar biror nimani eslab qolganingizda, miyada yangi neyron aloqalari shakllanadi. ► Kishi uyg'ongach, uning miyasi uncha katta bo'lmagan lampochka ishlashi uchun etarli bo'lgan energiyani ishlab chiqaradi. ► Inson miyasi 50 yoshgacha shakllanadi. ► Alkogol tufayli miya vaqtinchalik eslab qolish qobiliyatini yo'qotadi. ► Inson tug'ilganda asab hujayralari ulg'aygan davriga nisbatan ancha ko'p bo'ladi. ► Bosh miyaning faqatgina o'ng yoki chap taraf pallasi ishlashi haqidagi gaplarning barchasi uydirma. Aslida, ular o'zaro ma'lumot almashgan holda ishlaydi.

► Oiladagi shafqatsizlik bolaning miyasiga qattiq salbiy ta'sir qiladi. ► Shokolad hidi teta-ritmni ishlab chiqarishni faollashtiradi. Bu esa insonni tinchlantirib, bo'shashtiradi. ► Uyali telefonda uzoq vaqt suhbatlashish bosh miyada o'simta paydo bo'lish xavfini yuzaga keltiradi. ► Yosh bolalar miyasi organizmdagi glyukozaning 50 foizini sarflaydi. Shu bois ularga ko'p uyqu zarur. ► Kutilmagan yangilik orqali miyaning tuzilishi o'zgaradi. ► Me'yordan kam uxlash miya faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. ► Inson miyasi 100 milliard neyronlardan va trillion hujayralardan tashkil topgan. ► Unutish – miya uchun foydali.

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!