Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:32
LoginA'zo bo'lish
Chechenistonda «Qodirov jamoasidan bo'lmagan yagona mer» YTH oqibatida halok bo'ldi

 9 APREL, 09:50 62

.

Chechenistonda OAV tomonidan «Qodirov jamoasidan bo'lmagan yagona mer» deb e'tirof etilgan Argunning sobiq meri Ibrohim Temirboev vafot etdi. Sobiq amaldorning yaqinlari bergan ma'lumotlarga tayanib, «Kavkaz.Realii» nashrining xabar qilishicha, Temirboev Shatoy-Grozniy trassasida sodir bo'lgan YTHda halok bo'ldi, deb yozmoqda Meduza.

Temirboevning yaqini nashrga bergan ma'lumotlarga ko'ra, u o'tirgan avtomobil jarlikka qulab tushgan, uning nima uchun o'sha erga borgani noma'lum.

Checheniston muxolifatchilarining «1ADAT» Telegram-kanalida yozilishicha, aslida Temirboevning joniga qasd qilingan, YTH esa shunchaki qotillikni berkitish uchun o'ylab topilgan bahona. «Ba'zi manbalarda uning bir hafta oldin, ba'zilarida esa kecha o'ldirilgani aytilmoqda», — deyiladi kanal xabarida.

15 yillik Argun meri lavozimidan keyin Temirboev 2019 yilda nafaqaga chiqarilgan edi. Bu Checheniston elitasining keng ko'lamli «tozalash ishlari» doirasida amalga oshirilgan.

Nafaqaga chiqqach, Temirboev hibsga olingan va bir yarim yil maxfiy qamoqxonada saqlangan. «Novaya gazeta»ning ma'lumotlariga ko'ra, sobiq amaldorning «bu soqollilarga emas, Rossiyaga sodiqligi»ni aytgan telefon yozuvlari uning hibsga olinishiga asos bo'lgan. Uning o'rniga mamlakat rahbarining 28 yoshli qarindoshi Xas-Magomed Qodirov Argun meri etib tayinlangan.

Ibrohim Temirboev 2021 yilning boshida ozodlikka chiqarilgan edi.

Ma'lumot uchun, 2021 yilning mart oyida Xas-Magomed Qodirov Checheniston Respublikasi poytaxti Grozniy meri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

BBC Russia ma'lumotlariga ko'ra, Xas-Magomed Qodirov Ramzan Qodirovning jiyani hisoblanadi, «Kavkaz.Realii» nashri esa uni Checheniston rahbarining ukasi (chetveroyurodniy brat) deb atagan. Ularning qarindoshligi rasman tasdiqlanmagan. Shu bilan birga, Ramzan Qodirov Xas-Magomed Qodirovni ko'p marotaba «ukam» deb atagan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™