Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:33
LoginA'zo bo'lish
Ilon Mask koronavirusga qarshi vaktsinalar haqidagi fikrini o'zgartirdi

 9 APREL, 09:50 72

.

Milliarder Ilon Mask koronavirusga qarshi vaktsinalarni qo'llab-quvvatlashini aytdi. Lekin u avvalroq virusga qarshi emlanmasligini ma'lum qilgan edi, deb yozmoqda «RIA Novosti».

2020 yilning sentyabr oyida The New York Times gazetasining Sway podkastida Ilon Mask vaktsinalar chiqarilgach, o'zi va oilasining koronavirusga qarshi emlanmasligini aytgan edi. Mask koronavirusning unga va farzandlariga xavf solmayotganini ta'kidlagan, lekin 2020 yil u koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan.

«Aniqlik kiritmoqchiman, men vaktsinalarni to'liq, koronavirus vaktsinalarini esa qisman qo'llab-quvvatlayman. Ilm-fanning asosi aniq. Faqat ba'zi hollarda allergik ta'sirlar paydo bo'ladi, lekin buni EpiPen (in'ektsiya) yordamida oson hal etish mumkin», — deb yozgan Mask o'zining Twitter sahifasida.

Avvalroq Mask AQShda COVID-19 pandemiyasi sababli qo'yilgan cheklov choralarini muddatidan oldin bekor qilishga chaqiruvchi bir qator bayonotlar berdi va koronavirusga nisbatan vahima qilishni ahmoqlik deb atagandi.

Ilon Mask Endeavor Group holding direktorlar kengashiga nomzod qilib ko'rsatilgani va Tesla mahsulotlari uchun bitkoinlar bilan to'lash imkoniyatini qo'shgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™