Xayirli tong, Guest!
Soat: 07:08
LoginA'zo bo'lish
Toshkentda “Putinning limuzini” namoyishga qo'yildi (foto)

 8 APREL, 17:20 82

.

Toshkentda o'tgan “Innoprom” xalqaro sanoat ko'rgazmasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin uchun ishlab chiqarilgan “Aurus” limuzinining yana bir varianti taqdim etildi. Bu haqda “Sputnik” xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, ushbu orzu avtomobili VIP-shaxslar uchun mo'ljallangan bo'lib, Rossiyada ishlab chiqarilgan avtoulovning dastlabki talqini Toshkentdagi ko'rgazma uchun atay olib kelingan.


Toshkentda “Putinning limuzini” namoyishga qo'yildi (foto)

"Putin xuddi shunaqa mashinada yuradi", derdi bir-biriga shivirlab ko'rgazma ishtirokchilari. Putinning limuziniga o'xshash premium-sinfdagi mashina yonida esdalik uchun suratga tushishni xohlovchilar juda ko'p bo'ldi”, deb yozmoqda “Sputnik”.

Xotirlanishicha, Rossiyaning amaldagi Prezidenti “Aurus” limuzinida 2018 yilning may oyida o'tkazilgan inauguratsiyasida omma oldi ko'rinish bergan. 

Shuningdek, Putinning 2019 yilning mart oyida Qirg'izistonga amalga oshirgan tashrifi davomida ham u uchun maxsus ishlab chiqarilgan “Aurus” limuzini ko'rgazmaga qo'yilgan edi. 

Rossiya Prezidenti 2018 yilning oktyabr oyida mamlakatga kelgan Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisini “Aurus Senat” avtomobilida sayrga olib chiqqan edi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™