LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:04
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Medvedev rus klassik asarlarining eng yaxshi teatr talqini uchun mukofot ta'sis etdi
MUHARRIR: wapusta

11 NOYABR, 07:20 / KO'RILDI: 109

Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev rus klassik adabiyoti namunalarining eng yaxshi teatr talqini uchun mukofot ta'sis etdi.

Medvedev bugun mukofotni ta'sis etish to'g'risidagi qarorga imzo chekdi. Hujjat Rossiya vazirlar mahkamasining saytida e'lon qilindi.

Qarorda aytilishicha, har yili eng yaxshi teatr postanovkasi uchun uchta mukofot ajratiladi, g'oliblarga sovg'a, diplom va 3 mln rubl pul beriladi.

“Mukofot doimiy namoyish qilinadigan truppaga ega, bolalar, o'smirlar va yoshlar uchun mo'ljallangan teatrlar repertuaridagi eng sara asarlarga beriladi” deyiladi qaror sharhida.

Viloyatlardan tushgan talabnomalar ko'rib chiqiladi va g'oliblar Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi tanlov komissiyasi tomonidan aniqlanadi.

Manba: turon24.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!