Xayirli tong, Guest!
Soat: 08:23
LoginA'zo bo'lish
Sirdaryo va Buxoroda tijorat banki mutaxassislari tomonidan pul mablag'larini o'zlashtirish holatlar

 8 APREL, 14:55 73

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo'limi tomonidan “S.N.” fermer xo'jaligining murojaatiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Sardoba filiali bosh mutaxassisi I.M. boshqalar bilan oldindan til biriktirib, “G'alla imtiyozli kredit hisobidan mexanizatsiya xizmatlari uchun oldindan to'lov” mazmunida fermer xo'jaligining 77,8 mln so'm pul mablag'ini asossiz ravishda boshqa sub'ektlarga o'tkazib, o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Romitan tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATIB “Ipoteka bank” Buxoro viloyati filiali kassa shahobchasi sobiq kassiri N.H. 98 ta ijro hujjati bo'yicha fuqarolarga go'yoki qarzdorliklari qoplanganligi to'g'risidagi soxta kvitantsiyalarni taqdim qilib, aslida 20,1 mln so'mni o'zlashtirish yo'li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™