LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:30
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Isroil mudofaa vaziri o't ochishni to'xtatishga rozi bo'lgani uchun iste'fo berdi
MUHARRIR: wapusta

15 NOYABR, 07:15 / KO'RILDI: 38

Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman mamlakat hukumati G'azo mintaqasida ikki kundan beri davom etayotgan to'qnashuvlarni to'xtatish uchun o't ochishni to'xtatishga rozi bo'lgani uchun iste'fo berdi.

14 noyabr kuni Liberman hukumatning bu qarorini qoralab, o'zining millatchi “Isroil – Bizning uyimiz” partiyasi bosh vazir Binyamin Netanyahu koalitsiyasidan chiqishini e'lon qildi.

G'azodagi navbatdagi to'qnashuvlar 11 noyabr kuni Isroilning G'azodagi yashirin missiyasi oshkor bo'lishi ortidan boshlangan edi.

Jangari guruhlar Isroilga raketa otishi va Isroil G'azoni bombardimon qilishi ortidan etti nafar falastinlik hamda bir nafar Isroil askari halok bo'ldi.

G'azoda hukmronlik qilib kelayotgan Hamas harakati hamda boshqa Falastin jangari guruhlari 13 noyabr kuni Misr etakchiligida olib borilgan muzokaralar ortidan Isroil hamkorlik qiladigan bo'lsa, o't ochishni to'xtatishga rozi bo'ldi.

Xabarlarga ko'ra, 14 noyabr kuni har ikki taraf kelishuv shartlariga amal qilishda davom etgan.

Manba: sof.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!