LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 21:19
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
Qirg'iziston milliy qurultoyida sobiq va amaldagi prezidentlarning faoliyati baholanadi
MUHARRIR: wapusta

15 NOYABR, 07:05 / KO'RILDI: 33

24 noyabr kuni bo'lib o'tadigan Qirg'iziston milliy qurultoyida respublikaning sobiq prezidenti Almazbek Atamboev va amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekovlarning faoliyatiga baho berish rejalashtirilgan. "24 noyabr kuni Sooronbay Jeenbekovning davlat rahbarligiga kirishganining bir yilligi munosabati bilan Qirg'izistonda katta siyosiy qurultoy bo'lishi rejalashtirilgan", deydi 13 noyabr kuni Qurultoyning tashkiliy qo'mita raisi Keneshbek Dushebaev. Dushebaev Qurultoy chaqirish to'g'risidagi memorandumni 97 ta siyosiy partiya va jamoat birlashma vakillari imzolaganini aytgan. Ular qatorida Sotsial-demokratlar partiyasi (SDP), "Qirg'iziston", "Ata-Jurt" (ota yurt), "Zamondosh", "Yashillar partiyasi" va boshqalar bor. "Qurultoyda 20 dan ortiq jamoat tashkilotlari ishtirok etishga rozilik bildirgan. Unga 650 kishi, jumladan, 250 ta siyosiy partiya vakillari va 250 ta jamoat birlashma vakillarini taklif qilganmiz", deydi Dushebaev. Qurultoyning tashkiliy qo'mita raisi mamlakat sobiq prezidenti Atamboev ham qurultoyga taklif qilinganini, biroq uni ishtiroki to'g'risidagi javob hali olinmaganini aytgan. Qurultoyning tashkiliy qo'mita a'zosi, sobiq ombudsman raisi Tursunbek Akun qurultoyni o'tkazishdan asosiy maqsad sobiq prezident Atamboevning faoliyatini baholash va amaldagi mamlakat rahbari Jeenbekov ishini baholash ekanligini aytgan. "Qurultoyda ko'plab ma'ruzalar taqdim etiladi. Birinchi ma'ruza bir yildan beri Qirg'iziston prezidenti bo'lib kelayotgan Jeenbekov faoliyatiga bag'ishlansa, ikkinchisida sobiq prezident Atamboevning prezidentlik davridagi faoliyatiga baho beriladi", deydi Akun. Shuningdek, u yana bir ma'ruza Qirg'izistonning parlamentiga aloqador bo'lishini aytib o'tgan. 24 noyabr kuni bo'lib o'tadigan qurultoy hukumatning yuqori martabali vakillari ishtirok etadigan, SDP va prezident apparati faol hamkorlik qiladigan birinchi yig'ilish bo'ladi.

Manba: zamin.uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!