Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (16+)
Yuklamalar ombori (vip)
Liverpul muxlislari sayti- Liverpul.net
O'zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi tayinlandi
MUHARRIR: Admin

9 OKTYABR, 22:35 / KO'RILDI: 9

Qadamboy Sultonov O'zbekistonning Latviyadagi elchisi etib tayinlandi. Bunga qadar u O'zbekistonning AQShdagi elchixonasida maslahatchi bo'lib ishlab kelayotgan edi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Qadamboy Sultonov 7 oktyabr, dushanba kuni Toshkentdan Rigaga jo'nab ketdi.

Ayni paytda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgan Badriddin Obidov 2018 yilning iyun oyidan dekabr oyiga qadar O'zbekistonning Latviydagi elchisi bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, 8 oktyabr, seshanba kuni O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Said Rustamov Londonga jo'nab ketdi.

Manba: daryo. uz

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!