Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:12
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
Asabiymisiz? Unda olma yeng
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

Olma beqiyos darmondorilar va mikroelementlarga boy mevalardan biri. Olmaning tarkibida 15 foizgacha qand, limon kislotasi, temir, kaliy, mis va V, V2, RR vitaminlari mavjud. Ammo mevaning eng qimmatli jihati tarkibida askorbin kislotasi va pektin moddasi mavjudligidadir. Iste'mol qilingan olma hali oshqozon-ichak tizimida turgan damlardayoq pektin moddasi yordamida xolesterinni 10-15 foizgacha kamaytiradi.
PO'STI QAY DARAJADA FOYDALI?
Tibbiy nuqtai nazardan qaraganda olma, albatta, po'sti bilan yeyilishi lozim. Chunki olma po'sti tarkibidagi kletchatka ovqat hazmida muhim ahamiyatga ega. Ortiqcha vazn, qandli diabet, qabziyat va ichakdagi turli muammolardan xalos bo'lishda olma eng yaxshi yordamchi sanaladi.
.. Yuklab olish

QAYSI RANGI FOYDALIROQ?
Qip-qizil bo'lib pishgan olmalarni xush ko'rmaydigan odam bo'lmasa kerak. Ammo shifokorlar aynan yashil va nordon olma shifobaxshlikda yetakchi, deb bilishadi. Bunday olma tarkibida pektin moddasi mo'l va qand miqdori juda kam. Shu bois u juda foydalidir.
QAYSI KASALLIKLARGA DAVO?
Olma nafaqat xushxo'r meva, balki shifobaxsh ne'mat sifatida ham e'tirof etilgan. Xalq tabobatida bu meva bilan bir qancha kasalliklar davolangan. Olma mevasi peshob yo'li toshlarini tushirishda, oshqozon-ichak yallig'lanishida, ich ketishda, surunkali bod kasalligini yengishda va ovoz bo'g'ilishini davolashda benazir vosita hisoblangan.
Zamonaviy tibbiyotda olmaning qator mikroblarga qiron keltirishi, qon harakatini maromiga solishi, parishonxotirlikka barham berishi e'tirof etiladi.
Shuningdek, podagra va dizenteriya kasalliklarida olmali parhez qo'l kelishi isbotlangan.
OZMOQChIMISIZ?
Ozishni istaganlar haftada 1 marta olmali kun muolajasini amalga oshirishi mumkin. 1,5-2 kg olmani 5-6 qismga bo'ling. Yashil va qattiq olma iste'mol qilsangiz, samarasini tezda sezasiz. Olmali kun muolajasi shishlarni va gipertonik kasalliklarni davolashda ham keng qo'llaniladi. Olmaning urug'i ham foydali bo'lib, unda yod miqdori nihoyatda ko'p.
Yodda tuting, 5-6 dona olma urug'i kishi organizmini 1 haftalik yod moddasi bilan ta'minlay oladi.
Zulfizar ISOQOVA
tayyorladi.
. WapUsta
17.10.2017 / 19:45
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: