Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:11
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
Bo'g'imlardagi og'riqdan qanday qutilish mumkin?
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

— Keksayganim sayin bo'g'imlarimdagi og'riq tinchlik bermayapti. Shifokorga murojaat qilib, tekshiruvlardan o'tdim. Nihoyat, bo'g'imlarimda tuz borligi aniqlandi. Barcha og'riqlar ana shundan ekan. Shifokor tavsiyasi bilan davolandim ham, biroq og'riqlardan batamom qutulishning iloji bo'lmadi. Agar mumkin bo'lsa, uy sharoitida bo'g'imlardagi tuzdan xalos bo'lish yo'llarini aytsangiz?
Zulxumor ABDURAHMONOVA
Samarqand viloyati
Bulung'ur tumani
ORGANIZMDAN TUZNI HAYDASh UChUN ChOY VA ShARBATLAR
1. Kungaboqar ildizidan qaynatma
1 stakan quritilgan kungaboqar ildizini idishga solib, ustidan 3 litr suv quying va 2-3 daqiqa qaynating. Tayyor darmondorini tindirib, ikki kun davomida iste'mol qiling. Yana bir narsani unutmang, muolaja davomida tuzlamalardan, nordon taomlardan tiyiling.
2. Qora turp sharbati
10 kg qora turpni tozalang va qirg'ichdan o'tkazib, sharbatini siqib oling. Undan taxminan 3 litr sharbat chiqadi. Keyin sharbatni bankaga solib, muzlatkichga qo'ying va undan kuniga 1 mahal ovqatdan keyin 1 osh qoshiqdan qabul qiling.
Shu bilan birga suvi siqib olingan turpni asal bilan aralashtirib, undan ham kuniga 2-3 mahal har ovqatdan keyin 3 osh qoshiqdan iste'mol qilish mumkin.
— Rimlik tabiblar qora turp, kungaboqar ildizi, asal, yong'oq g'o'rasi va karamni organizmni mustahkamlovchi, a'zolarni turli xastaliklarga nisbatan bardoshli qiluvchi, uyqu qochiruvchi va bo'g'imlardagi tuzni so'rib oluvchi omil sifatida tavsiya etishgan. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ham yuqoridagilardan organizmni tuz paydo bo'lganda, teri kasallanganda, ya'ni yallig'langanda, kuyganida va lat yeganda foydalangan.
Organizmda tuzning to'planishi tarkibida oqsil moddasi ko'p bo'lgan taomlarning hazm bo'lmay qolishi bilan bog'liq. Shuning uchun, eng avvalo, ovqatlanish ratsioningizni tartibga solib oling, ya'ni tuz to'planishiga sabab bo'luvchi taomlardan parhezlaning. Bu bilan bo'yin, bel va bo'g'imlaringizda tuz to'planishidan himoyalanasiz.
Birinchidan, taomnomangizdan yog'li go'sht va shunga o'xshash mahsulotlarni chiqarib tashlang.
Ikkinchidan, shirinliklar yeyishni kamaytiring, ayniqsa, o'ta yog'li qatlama xamirdan tayyorlanganlarini.
Uchinchidan, kundalik ovqatlanish ratsioningizdan tuzlangan, ya'ni sho'r, achchiq, nordon taomlarni, ketchup, sous va ziravorlar doimiy joy olishidan saqlaning.
Ko'proq oqsilga boy sabzavotlar bilan pishirilgan taomlarni iste'mol qiling.
Agar sizda yuqorida aytib o'tilganidek, bo'g'im, bel va bo'yin sohalarida tuz to'plangani aniqlansa, unda shifokor bilan maslahatlashgan holda quyidagi xalqona davolash muolajalaridan foydalaning.
GURUChLI PARHEZ BILAN TUZDAN XALOS BO'LING
Kundalik ovqatlanish ratsionida guruchli taomlari ko'p bo'lgan odamlar organizmida tuz to'planib qolishidan aziyat chekishmaydi. Chunki guruch organizmdan tuz haydab chiqarilishiga yordam beruvchi eng yaxshi darmondoridir.
Buning uchun 3 kg guruchni 10 litrlik kastryulkaga solib, har kuni bir marta yarim soat davomida oqar suvda yuving. Keyin suvini to'kmay, ertangi yuvish vaqtigacha shunday qoldiring.
Xullas, xuddi shu tartibda guruchni bir hafta davomida yuving. Bir haftadan keyin esa guruch o'zidan kraxmal ajratishni to'xtatadi. Ana shundan keyin guruchning suvini to'kib, o'zini paxtalik matodan tayyorlangan xaltaga solib, muzlatkichga solib qo'ying.
Guruchdan kuniga 2-3 mahal och qoringa 1 piyoladan yesangiz, tuzdan xalos bo'lasiz.
KARAM BARGLARI TUZNI SO'RIB OLADI
Buning uchun kechasi uxlashdan oldin katta karamning 5-6 qavat po'stini qaynoq suvga bir botiring-da, sovishini kuting. Karam iligach, uni tuz borligi aniqlangan joyga bosib, ustidan biror narsa yopib uxlang. Tongda esa bargni olib tashlang.
Eslatma: yodingizda bo'lsin, barcha muolajalarni sabr bilan 1,5-2 oy davomida qo'llasangiz, yanada samaraliroq natijaga erishasiz.
. WapUsta
17.10.2017 / 19:02
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: