Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 09:09
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Million guruhi konserti (HD)
O'zbekiston futboli tarixida ilk marta hakamlar brigadasi chetlatildi
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

O'FF hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi favqulodda yig'ilish o'tkazdi.
O'zbekiston Oliy Ligasining 24-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Qo'qon-1912” o'yinidagi hakamlik darajasi yuzasidan O'FF hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi favqulodda yig'ilish o'tkazdi. Bu haqda O'FF Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda kecha, 14 oktyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tgan “Paxtakor” – “Qo'qon-1912” o'yinini boshqargan hakamlar brigadasining ishi o'rganib chiqildi.
O'FFning hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tarkibidagi ilmiy-uslubiy ta'minoti bo'limi mazkur o'yinda maydonda bosh hakam sifatida ishlagan Vadim Agishev, uning yordamchilari Bahodir Bahromov hamda Nabijon Ro'zimovning hakamligini alohida ko'rib chiqdi.
Natijada Vladimir Shtern boshchiligidagi guruh maydondagi barcha hakamlar uchrashuvni sifatsiz boshqargan va o'yin tizginini qo'ldan chiqargan deb baholadi.
Shu asosda, hakamlar va nazoratchilar qo'mitasi bosh hakam Vadim Agishev, uning yordamchilari Bahodir Bahromov va Nabijon Ro'zimov, to'rtinchi hakam Asker Najafaliyevlarni O'zbekiston chempionati, 1-liga, kubok va yoshlar birinchiligi bahslaridan mavsum oxirigacha chetlatish haqida qaror qabul qildi.
Hakamlar brigadasi a'zolariga bahoni ko'tarib qo'yganligi uchun o'yin inspektori Igor Nexochin ham O'zbekiston chempionati, 1-liga, Kubok va yoshlar birinchiligidan mavsum oxirigacha chetlatildi.
Ta'kidlab o'tish joizki, bunday holat O'zbekiston futboli tarixida ilk marta kuzatilmoqda. Balki mana shu yo'l bilan O'zbekistonda futbol tobora rivojlanib, yashnab ketar…
Eslatib o'tamiz, avvalroq O'FF Rustam Bobomurodovni butunlay hakamlikdan chetlatib yuborgandi. Keyinroq, yana bir xatoga yo'l qo'ygan hakam Olim Tolibjonov 10 ta o'yinga hakamlik huquqidan ayrilgani haqida xabar bergandik.
. Aman (WapUsta)
16.10.2017 / 08:57
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: