Xayirli tong, Mehmon!
Soat: 09:09
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
» Million guruhi konserti (HD)
Braziliyadagi qishloqlardan birida quyosh tig'ida eribketadigan teriga ega odamlar yasharkan… (Asabi
@chiroyli_comYangiliklarni Telegramda o'qing!
.. Yuklab olish

Bu qishloq Araras deb nomlanadi. Ararasda yashovchi jami 800 kishining 20 nafari pigmentli kserodermlar deb nomlangan, tibbiyotda juda kam uchraydigan xastalik bilan og'rigan. Ular oilaviy ana shu xastalikka chalingan. Agar ular bilan boshqalar quda-andachilik qilsa, yo tez-tez uchrashib suhbatlashsa, xastalik yuqtirishlari tayin.
Xo'sh, xastalik nimasi bilan xavfli? Bu nasl suruvchi xastalik bo'lib, bemorning terisi ultrabinafsha nurlar, ya'ni, quyosh nurini bir necha million marotaba sezuvchan hisoblanadi. Bu xastalikka uchraganlar teri saratoniga duchor bo'lishga moyil. Terisi quyosh nuri tegdi deguncha nam, qip-qizil va qarab bo'lmaydigan darajada jirkanch holatga keladi, bu teri asl holiga kelishi uchun juda uzoq vaqt talab qilinadi. Aytishlaricha, agar bemor quyosh tig'ida ikki-uch soat turib qolsa, o'z-o'zidan terisi erib oqib tusharkan.
Yana bir achinarli holat shuki, aynan shu qishloq odamlari asosan qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadi. Bundan chiqdi ular ko'p vaqtini quyosh tig'ida o'tkazishga majbur. Mana shu narsa qishloqdagi shu xastalik bilan og'riganlarga qo'shimcha azob beraveradi.
— Men bu kasallikka, — deydi 38 yoshli Jalma Antonio Jardim. — 9 yoshimda yo'liqqanman. Oldin tanamda sepkil paydo bo'ldi. Yuzlarimga esa siqsa suvi chiqadigan yarachalar toshib ketdi. Bora-bora kasallik butun tanam bo'ylab tarqalib, burnim, lablarim, yonoqlarim, ko'zlarimni jirkanch ko'rinishga keltirib qo'ydi. Shu kunga qadar tuzalib ketarman degan umidda 50 tadan ortiq jarrohlik amaliyotlarini boshimdan kechirdim. Bir vrachga borsam, qoningni almashtirish kerak dedi, boshqasiga bordim, terimda muammo borligini aytdi. Faqat 2010 yilga kelibgina aniq tashhis qo'yishdi…
Xastalik nafaqat terini ishdan chiqaradi, balki odamni kar, yo'lini topib yura olmaydigan qilib qo'yadi. Ba'zi bolalar organizmi rivojlanishdan ham to'xtab qoladi. Shuning uchun keyingi yillarda Araras qishlog'ida yashab, pigmentli kserodermga uchraganlar ehtiyotkor bo'lib qolishgan. Velosipedning ustki qismiga karton soyabon o'rnatishgan. Kiyimning yengi uzunini kiyishadi. Iloji boricha ko'chaga yarim tunda chiqishadi.
Ishqilib har bandani shunday balolardan, kasalliklardan xudoning o'zi asrasin!
. Aman (WapUsta)
16.10.2017 / 08:52
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing: