Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (16+)
Yuklamalar ombori (vip)
Telegramdagi kanalimizda qo'shiling!
Britaniyada Rossiyaning eng xavfli qurolini aytishdi
MUHARRIR: Admin

12 SENTYABR, 13:15 / KO'RILDI: 37

S-400 zenit-raketa kompleksi, “Bastion-P” sohil raketa majmuasi va “Iskander” tezkor-taktik kompleksi - Rossiyaning eng xavfli quroli hisoblanadi. Bu haqda Janes 360 nashri Buyuk Britaniyaning Qurolli kuchlari shtab boshlig'i Juliann Bollga asosan xabar qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Ta'kidlanishicha, Buyuk Britaniyada bunga mos javob tayyorlash talab etadi.

Bollning so'zlariga ko'ra, Rossiya tomonidan bu raketa tizimlaridan foydalangan holda kirishni cheklash va manevr zonalari (A2/AD - tahr.) Britaniyaning o'zgaruvchan vaziyatga tezda javob berish qobiliyatiga shubha tug'dirmoqda.

Bunday cheklovga qarshi sun'iy intellekt yordamida zamonaviy qurol turlarini ishlab chiqish va jangovar taktikasini o'zgartirishni taklif qiladi.

A2/AD - o'z kuchlarini qo'riqlanadigan hududga joylashtirish yoki ko'chirish uchun katta xavf tug'dirib, dushmanni (qurol-aslaha to'plamini) ushlash kontseptsiyasi.

S-400 “Triumf”  - aviatsiya, qanotli va ballistik raketalar, shuningdek quruqlikdagi ob'ektlarni yo'q qilish uchun mo'ljallangan zamonaviy zenit-raketa kompleksi hisoblanadi. Ta'sir qilish uzoqlig'i – 400 km, kompleks 30 km balandlikda nishonlarni yakson qilishi mumkin.

"Bastion" –suv va havo kemalariga zarba berish uchun mo'ljallangan quruqlikdagi raketa tizimi.

“Iskander” - taktik raketa tizimi. Ushbu majmualarning asosiy maqsadi dushmanning havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa tizimini, shuningdek 500 kilometrgacha masofada joylashgan eng muhim ob'ektlarni yo'q qilish uchun mo'ljallangan.

 

Ulashish
Fikrlar
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
Hali hech kim izoh qoldirmagan!!